Islom dini haqidagi turkum filmlar muallifi Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

E’lon qilingan sana· 472
Islom dini haqidagi turkum filmlar muallifi Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

Islom dini haqidagi turkum filmlar muallifi Abdul Latif (Ovidio) Salazar “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda festival axborot xizmati.

Salazar islom haqidagi filmlar, jumladan, “Al-G‘azzoliy: Baxt kimyogari”, “Makkaga sayohat” hujjatli loyihalari va BBC’ning “Islom yuzlari” serialini suratga olgan.

Rejissyorning joriy yil bahorida Saudiya Arabistonida premyerasi bo‘lib o‘tgan “Hijra: Payg‘ambar izidan” so‘nggi asari Muhammad payg‘ambarning 622-yilda Makkadan Madinagacha bo‘lgan sakkiz kunlik sayohati haqidagi birinchi kinofilmdir.