Toshkent xalqaro kinofestivalida premyera qilinadigan filmlar ro‘yxati

E’lon qilingan sana· 322
Toshkent xalqaro kinofestivalida premyera qilinadigan filmlar ro‘yxati

Shu yilning 29-sentyabr—2-oktyabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator davlatlar ijodkorlari filmlari premyera qilinishi kutilmoqda. Afisha.uz ularni bir joyga jamladi.

“Qum zarralari” (Isroil)

Film o’smir ijodkor Devidning hayoti haqida hikoya qiladi. U kasal onasi, orzularidan kechgan otasi va yosh ukasi bilan Janubiy Isroil yashaydi. Devid onlayn forum tashkil qiladi va oilasi haqidagi hikoyalar yozishni boshlaydi. Film rejissyorlari — Gitit Kabiri va Yahel Kabiri.

“Maryam” (Hindiston)

“Maryam” filmida yaxshi hayot izlab Mumbayga ko‘chib kelgan oilaning qashshoqlikdagi turmush tashvishlari hikoya qilinadi. Filmda cheksiz umidsizlik paytida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlab, osoyishta hayot kechiradigan oila tasvirlanadi. Ssenariy muallifi va rejissor — Arvind Pratap.

“Zorbas” (Gretsiya)

Real voqealarga asoslangan “Zorbas” filmida makedoniyalik shaxtyorning hayoti va boshdan kechirgan qiyinchiliklari tasvirlangan. Rejissor — Babis Tsokas.

“Sirin” (Chernogoriya)

Film 1990-yillarda urushlar boshlanganidan so‘ng darhol sobiq Yugoslaviyani tark etgan Nataliy haqida hikoya qiladi. Chet elda bir necha yil o‘tkazganidan so‘ng, u yangi muhitdagi hayotga to’liq moslashishni istab, o‘z shaxsini o‘zgartirishni va kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni yo‘q qilishni xohlaydi. Biroq noodatiy sud ishi uni o‘z vatani Chernogoriyaga qaytishiga sabab bo‘ladi. Film rejissyori — Senad Sahmanovich.

“Muvaffaqiyatga yo‘l” (Argentina)

Hugo jiyanini Buenos-Ayresdagi yirik futbol klublaridan biriga sinov uchun olib keladi. Bu Hyugoga katta shaharda yangi hayot boshlash imkonini beradigan noqonuniy bitimning bir qismi edi. Film rejissyori — Sebastyan Rodriges.

“Valid” (Malayziya)

Film o‘z vaqtini kam ta’minlangan bolalarga bilim berish va aholining elektr jihozlarini ta’mirlashga bag‘ishlaydigan Valid haqida hikoya qiladi. Shogirdlaridan biri o’g’rilab ketilgach, u odam savdosi bilan shug’ullanadigan sindikatga qarshi kurashishni boshlaydi.

“Domingo” (Meksika)

Raul Lopes Echeverriya tomonidan ishlangan filmda ayoli tashlab ketgach, omadsiz emasligini isbotlash uchun futbol sharhlovchisi bo‘lishga qaror qilgan va orzusini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladigan 55 yoshli Domingo haqida hikoya qilinadi.

“Opa-singillar” (Latviya)

Film bolalar uyida katta bo‘lgan opa-singillar Anastasiya va Diana haqida hikoya qiladi. Film boshqahramoni — isyonkor xarakterga ega Anastasiya biologik onasi Allaning qayerdaligini aniqlab, u bilan uchrashishga qaror qiladi. Film rejissyori — Linda Olte.

Muso tog‘i (Marokash)

Marvan mutlaqo oddiy sharoitda o‘zining ichidagi jinlari bilan yolg‘iz qolib, dunyodan uzoqda yashashga qaror qilgan, nogironlik aravachasiga mixlangan yosh yigit Hakim bilan uchrashib qoladi. Uning yashirin dunyolariga aralashish Marvan uchun zararsiz bo’lmaydi.

“Sargardon zamın” (Xitoy)

Film yerdagi hayotni saqlab qolish uchun kurashayotgan yoshlar haqida hikoya qiladi. Ular yashab qolish uchun vaqtga qarshi poygada ishtirok etishi kerak. Ilmiy-fantastik film Frant Gvo tomonidan suratga olingan.

“Mira” (Rossiya)

Dimitriy Kisilyov filmi Vladivostokda oilasi bilan yashaydigan 15 yoshli Lera haqida hikoya qiladi. Leraning otasi ko‘p yillar davomida “Mira” orbital kosmik stansiyasida ishlaydi va uzoq vaqt davomida qizi bilan aloqalarni yo‘qotadi. To‘satdan shaharda meteorit yomg‘iri boshlanadi. Lerada o‘z yaqinlari va butun shaharni ofatdan qutqarish uchun faqat bittagina imkoniyat qoladi. Film bosh qahramonining otasi sun’iy yo‘ldosh tizimlari va telefon yordamida qiziga xabar yetkazish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi.

“Maryam” (Ozarbayjon)

Elchin Musao‘g‘lu rejissyorligidagi film AQShda yashovchi Maryam ismli muhojir qizning hayoti haqida. U otasining tirik ekani va ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotganidan xabar topib, o‘zi tug‘ilgan qishlog‘iga qaytadi. Maryam o‘z xotiralari bilan otasini hushiga keltirishga urinadi, ammo kasallikka qarshi kurash o‘z vijdoniga qarshi kurashga aylanib ketadi.