Venetsiya kino festivalining g‘oliblari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 267
9-sentyabr kuni Venetsiya xalqaro kino festivali yakunlandi. Yubuley 80-festivalda hakamlar hay’ati raisi rejissyor Demyen Shazel bo‘ldi. Hay‘at a’zolari barcha — 23 ta filmini tomosha qilib, tahlil qilib chiqdi. G‘oliblar quyidagicha ko‘rinish olgan:
Asosiy sovrinlar
- “Oltin sher”: “Baxtiqarolar” (Poor things) — rejissyor Yorgos Lantimos;
- “Kumush sher” — “Hay'at a’zolari Gran-Prisi”: “Yomonlik mavjud emas” (Evil Does Not Exist) — rej. Ryusuke Hamaguchi
- Eng yaxshi rejissyor uchun “Kumush sher”: Matteo Garrone — “Men Kapitanman” (Io Capitano);
- Eng yaxshi aktrissa uchun Volpi Kubogi: Keyli Speni — “Prissilla”;
- Eng yaxshi aktyor uchun Volpi Kubogi: Piter Sarsgaard — “Xotira” (Memory);
- Eng yaxshi ssenariy: Gillermo Kalderon va Pablo Larrain — “Graf” (El Conde);
- Hakamlar ha’yati maxsus sovrini: “Yashil chegara” (Zielona granica) — rej. Agneshka Holland;
- Marchello Mastroianni nomidagi eng yaxshi yosh aktyor sovrini: Seydu Sarr — “Men Kapitanman” (Io Capitano);
- Eng yaxshi debyut film: “Sevgi — bu qurol” — rej. Li Hongchi.
“Ufqlar” bo‘limi
- Gran-Pri: “Barchasi uchun tushuntirish” (“Magyarázat mindenre”) — rej. Gabor Reysh;
- Eng yaxshi rejissyor: Mika Gustafson — “Jannat yonmoqda” (“Paradiset Brinner”);
- Eng yaxshi aktrissa: Margarita Rosa de Fransisko — “Jannat” (“El Paraiso”);
- Eng yaxshi aktyor: Tergel Bold-Erdene — “Shamol shahri” (“Ser Ser Salhi”);
- Eng yaxshi ssenariy: Enriko Maria Artale — “Jannat” (“El Paraiso”);
- Eng yaxshi qisqametrajli film: “Qisqa sayohat” (“A Short Trip”) — rej. Erenik Beqir.
FIPRESCI mukofotlari
- “Yomonlik mavjud emas” (rej. Ryusuke Hamaguti) — asosiy musobaqa;
- “Tuganmas yakshanba” (rej. Allen Parroni) — Ufqlar;
- “Kvir-sher”: boshlang‘ichlar uchun uy xo‘jaligi" — Goran Stolevskiy;
- “Kinoga qo‘shgan hissasi uchun Faxriy Oltin sher”: Toni Leung Chu Vay va Liliana Kavani.