“Barbi” filmining raqamli relizi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 396
“Barbi” filmining raqamli relizi e’lon qilindi

12-sentyabr kuni “Barbi” filmining raqamli relizi e’lon qilindi. Film hozirda Amazon va bir qator o‘zbek striming platformalarida mavjud.

Hozirda O‘zbekistonda “Barbi"ni Allplay.uz va itv.uz striming platformalari orqali tomosha qilish mumkin. Buning uchun ushbu platformalarga obuna bo‘lish zarur.

21-iyul sanasida premyera qilingan “Barbi” 2023-yilning eng omadli loyihasiga aylandi. Film ijaralardan 1,4 mlrd dollar daromad topdi. Bu kinoni ishlab chiqargan Warner Bros. tarixidagi eng kassabop filmga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, filmda bosh rollarni Margo Robbi va Rayan Gosling ijro etgan.