2023-yil sentabr oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 501
2023-yil sentabr oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

Xo’sh, kalendarni sentabrda o’tkazdingizmi? Yoz qanchalik tez o’tib ketganiga hayronmisiz? Yaxshiyamki, kinoprakatda butun yil davomida qiziqarli loyihalar bor. Kuzning birinchi oyida qanday premyeralar bor ekanligini ko’rib chiqamiz.

Голда. Судный день

Golda

Janr: drama, harbiy, biografiya, tarixiy.

Premyera sanasi: 7-sentabr .

G’alati sarlavhaga qaramay, bu Helen Mirren ishtirokidagi og’ir tarixiy film bo’lib, unda arab davlatlari koalitsiyasi va Isroil o’rtasida harbiy mojaro ko’rsatiladi.

Sinopsis: 1973-yil. “Qiyomat urushi” avjida. Bu mojaroni hal qilish Isroilning birinchi ayol bosh vaziri Golda Meirga bog‘liq. Mamlakat taqdiri uchun mas’uliyat yuki yanada og’irroq, chunki “temir xonim” Goldaning jismi ortida qorong’u sir yashiringan.


Проклятие монахини 2

The Nun II

Janr: horror.

Premyera sanasi: 7-sentabr .

Bu “The Conjuring” franshizasining to‘qqizinchi filmi, Karl! Qo’rqinchli filmlarga talab hech qachon pasaymaydi. Rohiba haqidagi navbatdagi film esa “Проклятие плачущей” (2019) va “Заклятие 3: По воле дьявола” (2021) filmlarini suratga olgan Maykl Chaves tomonidan olingan.

Sinopsis: Birinchi film tugaganidan to‘rt yil o‘tgach, filmda rohiba Irenning Fransiyadagi internat maktabida Valak nomli iblisga yana duch kelishi haqida hikoya qilinadi.


Гнев материнский

The Good Mother

Janr: triller, drama, detektiv.

Premyera sanasi: 7-sentabr .

Bu filmda Hilari Suonk o’ynagan… va uning jahli chiqqan. Qizig‘i shundaki, film rejissyori Joris Peyrafittning aytishicha, film g‘oyasi “Как есть” (2016) filmi ustida ishlayotgan paytda opioid epidemiyasini muhokama qilayotganda kelib chiqqan.

Sinopsis: Umidsiz ona va professional jurnalist Marissa o’g’lini shafqatsizlarcha o’ldirgan jinoyatchi fosh qilishga kirishadi. Uning ikkinchi o’g’li — politsiyachi tergov tafsilotlarini yashirishga urinayotgan bir paytda, marhumning sevgilisi xavfli jarayonga kirishga va onasiga yordam berishga qaror qiladi. Qanchalik dahshatli bo’lmasin, ular birgalikda haqiqatning tubiga yetishlari kerak.


Пернатый патруль

Goldbeak

Janr: multfilm.

Premyera sanasi: 7-sentabr.

Xitoy multfilmlari… xuddi horrorlarga o‘xshaydi. Qanday sifatda bo’lishidan qat’i nazar, ularga talab bor ekan, ular oyiga bir yoki ikki marta doimiy ravishda bizning ro’yxatimizga kirib turadi.

Sinopsis: burgutni tovuqlar tarbiyalagan. Ammo uning instinktlari baribir asliga tortmoqda va u o’zining kimligini bilishga harakat qilmoqda, o’zini izlamoqda. Ajablanarli sayohatlar burgutni Qushlar shahriga olib boradi, u yerda u nafaqat qarindoshlarini, balki yangi maqsadni ham topadi — bu “Patli patrul” jamoasi a’zosi bo’lish. Biroq, u shaharda dahshatli fitna uyushtirilayotganidan xabarsiz.


Призраки в Венеции

A Haunting in Venice

Janr: horror, triller, drama, kriminal, detektiv.

Premyera sanasi: 14-sentabr.

Puaroning mo’ylovini sog’indingizmi? Biz ha. Ikkinchi qismi muvaffaqiyatsiz va zerikarli bo’lganiga qaramay, triqvelga yashil chiroq berildi. Umid qilamizki, Kennet Brana ikkinchi marta bunday muammoga duch kelmaydi.

Sinopsis: Venetsiya. Iste’fodagi Erkyul Puaro o’zi istamay spiritual seansga boradi, u davomida mehmonlardan biri halok bo’ladi. Sobiq detektivchi tergov ishlarini olib boradi.


Игра в прятки

All Fun and Games

Janr: horror, triller.

Premyera sanasi: 14-sentabr.

Film xalqaro prokatlarda unchalik yaxshi qabul qilinmadi, garchi asosiy rollarni “Sex Education"dagi Asa Batterfild va “Stranger Things"dagi Nensi rolini o’ynagan Natalya Dayer ijro etishgan bo’lishsa-da. Nima bo’lganda ham, konseptsiya qiziq tuyuldi.

Sinopsis: Bir guruh o’smirlar la’natlangan pichoqni topib olishadi, o’zlari bilmagan holda bolalar o’yinlarining xavfli versiyalarini o’ynashga majbur qiladigan jinni ozod qilishadi. Bu yerda o’yinda g’oliblar bo’lmaydi, omon qoluvchilar bo’ladi.


Искусство по понятиям

The Kill Room

Janr: triller.

Premyera sanasi: 14-sentabr.

Samuel L. Jekson, Uma Turman va Jo Manganiello zamonaviy tasviriy san’atning, dabdabali ijodkorlar va daromadga chanqoq sanʼat dilerlarining ustidan kuluvchi bitta trillerda suratga tushishdi. Shuningdek, filmda Turmanning qizi — Mayya Xouk ham o’ynagan. Bunga nima deysiz?

Sinopsis: san’at galereyasi egasi Patris, killer Redji va uning xo’jayini Gordon pul yuvish bilan bog’liq xavfli sarguzashtiga kirishishadi.


Звук свободы

Sound of Freedom

Janr: biografiya, triller, kriminal, drama.

Premyera sanasi: 21-sentabr.

Film Amerika prokatida sensatsiya va shov-shuv yarata oldi. Tomoshabinlar reytingi shunchaki baland bo’lishiga qaramay, ko’pgina kinoteatr tarmoqlarida filmning namoyish etilmayotgani sababli bu borada turli fitna nazariyalari yuzaga kelgan.

Sinopsis: AQSh hukumatining sobiq agenti Tim Ballard hayotini bolalarni jinsiy qullikdan qutqarish uchun o’z ishini tark etadi.


Неудержимые 4

Expend4bles

Janr: jangari.

Premyera sanasi: 21-sentabr .

Silvestr Stallonega o’zining sevimli “qariyalar"ini bir filmda yig’ish uchun to’qqiz yil kerak bo’ldi, bu eski jangari filmlar maktabi muxlislarini xursand qilishi mumkin. Va bu safar kvadrikvelni suratga olish uchun “Ikki yuz oshli odam” va “Uchta X” filmlarining rejissyori Skott Vo kirishdi.

Sinopsis: “Expendables” jamoasi yo’qotishlarga uchradi — Barni Ross ishlamayapti va Li Kristmas kelajakdagi operatsiyalaridan chetlatilgan. Jamoaga yangi jangchilar jalb qilinadi va zararning o’rnini qoplash uchun yuboriladi. Ammo ular ham mag’lub bo’lishadi va asirga tushishadi. Endi Li Kritsmas yakka o’zi dushman iniga kirib borishi, jamoani ozod qilishi va bir vaqtning o’zida global falokatning oldini olishi kerak. Bu dunyoni qutqarish va “Expendables” jamoasi obro’sini tiklashning yagona yo’li.


Одной безумной ночью

It Only Takes a Night

Janr: melodrama, komediya.

Premyera sanasi: 21-sentabr .

IMDb`da 7,5 ball olgan avstraliyancha dramedi? Bu yerda nimadir notog’ri… Keling, buni kinoteatrda ko’rib chiqamiz.

Sinopsis: Ulardan birining to’yi oldidan to’rtta eng yaqin dugonalar ziyofat uyushtirishadi va kutilmagan sarguzashtlar, yangi tanishuvlarga duch kelishadi. Ularning hayoti tubdan o’zgarishi uchun bir kechagina yetarli bo’ldi.


Создатель

The Creator

Janr: fantastika, jangari, triller, drama, sarguzasht.

Premyera sanasi: 28-sentabr

Treylerni birinchi marta ko’rganingizda, uni suratga olish uchun “9-okrug” filmini olgan Nil Blomkamp mas’ul bo’lgandek his qilasiz, ammo bunday emas. Film “Yulduzli janglar” olamidagi “Rogue One” uchun mas’ul rejissyor Garet Edvards tomonidan suratga olingan. Va atmosfera bizni hayratda qoldirdi.

Sinopsis: Insoniyat va sun’iy intellekt kuchlari o’rtasidagi kelajakdagi urush fonida, ko’p yillik janglarda ishtirok etgan sobiq agent Joshuaning xotini g’oyib bo’ladi va sun’iy intellektni yaratgan murakkab me’mor “Yaratuvchi"ni topib, uni yo’q qilishi kerak.


Щенячий патруль: Мегафильм

PAW Patrol: The Mighty Movie

Janr: multfilm, ilmiy fantastika, fantastika, jang, drama, komediya, sarguzasht.

Premyera sanasi: 28 sentyabr .

Bu, albatta, Lyuk Bessonning biz bu oy kutgan “Dogman” emas, balki faqat kutishni yanada yorqinroq qilishga yordam beradigan yana bir multfilm.

Sinopsis: Sarguzashtlar shahriga sehrli meteor kelib tushadi va “Paw Patrol” a’zolariga super qobiliyatlarni taqdim etadi.


Заклятие. Зло внутри

It Lives Inside

Janr: horror.

Premyera sanasi: 28-sentabr .

Bu mustaqil kinostudiyaning hindcha koloritga ega horror film hisonlanadi. Bu kinostudiya tomoshabinlarga “Бескрайний бассейн” va “Преступления будущего” kabi horror filmlarni taqdim etdi. Biz qiziqib qoldik.

Sinopsis: Semning dugonasi o’zini juda g’alati tuta boshlaydi. Uning so’zlariga ko’ra, uni boshqa dunyo jonzotlari ta’qib qilmoqda. Uning g’oyib bo’lganidan so’ng, Sem bu boshqalarning xafagarchiliklari bilan oziqlanib, kuchga ega bo’ladigan jonzot ekanligini aniqlaydi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev