“Otaturk” serialining treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 206
“Otaturk” serialining treyleri e’lon qilindi

Turkiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan biografik “Otaturk” serialining rasmiy treylari e’lon qilindi. Unda Turkiya zamonaviy davlatchiligi tarixidagi eng muhim shaxslardan biri — Mustafo Kamol Otaturk haqida hikoya qilinadi.

Serialning premyerasi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mehmet Ada Oztekin rejissyorligidagi filmda Mustafo Kamol rolini “Ichkarida”, “Chuqur” seriallari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Aras Bulut Iynemli ijro etadi.