Yolqin To‘ychiyevning “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” filmi suratga olinmoqda
E’lon qilingan sana: · 248
Rejissyor Yolqin To‘ychiyevning murakkab postanovkali “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” badiiy-tarixiy filmini suratga olish ishlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.
Ushbu film Turkiya kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olinmoqda. Mazkur filmda yetuk sarkarda Amir Temurning ispan malikasi Donna Mariyani Turk sultoni Boyazit Yildirim zulmidan ozod qilishi, buning ramziy ma’nosi sifatida butun Ispaniya ozodligi aks etgan.
Film ssenariy muallifi Xayriddin Sulton, postanovkachi rejissorlar Yolqin To‘ychiyev va Jahongir Qosimov, operator Rustam Muratov hisoblanadi.