Oʻzbekistonlik yosh rejissyor Stiven King tanlovida gʻolib boʻldi
E’lon qilingan sana: · 221
Oʻzbekistonlik yosh rejissyor Gulnara Ivanova amerikalik mashhur yozuvchi Stiven Kingning “Dollar Baby” nomli loyihasida gʻolib boʻlib, uning asarini ekranlashtirish huquqini 1 dollarga sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda O’zbekiston kinematografiya agentligi matbuot xizmati.
Gulnara Ivanova VGIKning Toshkentdagi filiali talabasi boʻlib, Kingning “Qoʻl siqmagan odam” (1981) hikoyasi asosida “Teginish” nomli qisqametrajli horror filmini suratga olgandi. Shuningdek, kartina Malayziyadagi kinofestivalning “Eng yaxshi triller” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Stiven King asarlari asosida “Shoushenkdan qochish” va “Yashil milya” kabi dunyoga mashhur filmlar suratga olingan.