"Osmondagi bolalar 3" filminig rasmiy treyleri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 9 807
"Osmondagi bolalar 3" filminig rasmiy treyleri taqdim etildi

Komediyali drama janridagi mazkur kartinada to‘rt o‘smir do‘stlar taqdiri, orzu-umidlari va qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi.

Zulfiqor Musoqov intervyularining birida filmining yangi talqini haqida gapirarkan, qadrdon qahramonlar: Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani hamda farzandlari bilan munosabatlari aks etishini aytgandi.

“Qahramonlar oʻsha-oʻsha. Aktyorlarga taklifimni aytganimda, ular bajonidil rozi boʻldi. Filmda Xurshid koʻzga koʻringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi boʻlib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shugʻullanadi”, — degan edi rejissor.

O’zbekiston kinematografiya agentligi ma’lumotlariga ko’ra, film premyerasi aprel oyida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.