2023-yilgi «Oskar» sovrindorlari e'lon qilindi

13-mart kuni AQSh Kino Akademiyasining 95-«Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Quyida barcha sovrindorlar keltirilgan:
Eng yaxshi film: «Hammasi har joyda va birdan»;
Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo — «Hammasi har joyda va birdan»;
Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer — «Kit»;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi: Deniel Kvan va Deniel Shaynert — «Hammasi har joyda va birdan»;
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis — «Hammasi har joyda va birdan»;
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan — «Hammasi har joyda va birdan»;
Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
Eng yaxshi xorijiy film: «Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz» (Germaniya);
Eng yaxshi original ssenariy: Deniel Kvan va Daniel Sheynert — «Hammasi har joyda va birdan»;
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy: Sara Polli — «Ayollar gapiradi»;
Eng yaxshi operatorlik ishi: Jeyms Frend — «Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo’q»;
Eng yaxshi montaj: «Hammasi har joyda va birdan»;
Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo’q»;
Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»;
Eng yaxshi saundtrek: «Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo’q»;
Eng yaxshi ovoz: «Top Gun: Maverick»;
Eng yaxshi original qo‘shiq: «Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston);
Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni sehrlovchilar»;
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;