Bolalar uchun 5 ta foydali qurilma va platformalar: bilim olish ham qiziqarli bo‘lishi mumkin!

Bugungi kunda texnologiyalar bolalar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ammo ekran qarshisida o‘tirish faqat multfilm, rang-barang videolar tomosha qilish yoki o‘yin o‘ynash bilan cheklanib qolmasligi kerak. To‘g‘ri tanlangan qurilmalar yordamida farzandingiz vaqtini nafaqat maroqli, balki foydali ham o‘tkazishi mumkin. Biz siz uchun aynan shunday imkoniyat yaratadigan 5 ta zamonaviy vositani jamladik.
Amazon Fire HD 10 Kids Tablet
Bu planshet nafaqat chiroyli ko‘rinishga ega, balki imkoniyatlari ham keng. Yorqin 10,1 dyuymli ekran, chidamli g‘ilof va bir yillik Amazon Kids+ obunasi uni ta’lim va ko‘ngilochar kontentni uyg‘unlashtirishda ideal variantga aylantiradi. Ota-onalar uchun qulay boshqaruv sozlamalari orqali farzandingiz ekran oldida qancha vaqt o‘tkazayotganini nazorat qilish imkonini beradi.
Amazon Fire 7 Kids Tablet
Bu kichik yoshdagilar uchun ixcham va xavfsiz tanlov hisoblanadi. Agar farzandingiz hali maktabgacha yoshda bo‘lsa, bu model ayni muddao. Kichik o‘lchamli korpus tufayli qulay va bolalar uchun juda mos qurilma tasodifiy koʻngilsizliklargs chidamli. Shu bilan birga, u kattaroq modellar kabi ota-ona nazorati, qiziqarli va foydali kontentni taklif qiladi.
LeapFrog LeapPad Academy
O‘yin orqali o‘rganish bilan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun boshlang‘ich bilimlar manbai boʻlgan LeapPad — bu mana shu turdagi qurilmalar orasida klassika hisoblanadi. Android tizimiga asoslangan planshet bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan 20 dan ortiq ta’lim ilovasi bilan toʻldirilgan.
Matematika, o‘qish, aniq fanlar hatto mantiqiy fikrlash — hammasi bir joyga yigʻilgan. Qurilma bolaning rivojlanishiga qarab moslashadi, shuningdek, ota-onalar uchun boshqaruv paneli ham mavjud.
Osmo o‘quv tizimi
Ekranda qoʻl harakatlarni koʻrish imkoni beruvchi Osmo — iPad’ni haqiqiy interaktiv o‘quv markaziga aylantiradigan noyob tizim. Harflar, raqamlar,rasmlar, hatto kod yozish imkoni — bularning barchasini bolalar qo‘llarini harakatlantirib, o‘yin tarzida o‘zlashtiradi. Guruh bo‘lib o‘ynash imkoniyati esa uni yanada qiziqarliroq qiladi.
Khan Academy Kids ilovasi
“Khan Academy Kids” bepul ta’lim platformasi hisoblanadi. Bu ilova 2−8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, interaktiv darslar, hikoyalar, musiqalar va o‘yinlar orqali bolalarning savodxonligi, matematik qobiliyati va turli xil bilim-koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Eng e’tiborlisi — istalgan joyda va keng qamrovdagi ma’lumotlarni tekin olish imkonini beradi.
