Anons

Inglizcha kitobxonlar klubi: "Nil Armstrong" (5+)

E’lon qilingan sana· 172
Inglizcha kitobxonlar klubi: "Nil Armstrong" (5+)

Respublika bolalar kutubxonasining kichik transformerlar zalida bolalar uchun inglizcha kitobxonlar klubi tashkil etiladi.

Ishtirokchilar ingliz tili oʻqituvchisi va kutubxona xodimi Marhabo Aminova bilan birgalikda ispan yozuvchisi Mariya Isabel Sanches Vegaraning “Little Peoples, Big Deals” turkumidagi Kristofer Jak illyustratsiyalari asosida ishlangan “Nil Armstrong” asarini oʻqiydi va muhokama qiladi.

Mehmonlar mashhur kosmonavtning hayoti va uning bolalikdagi aviatsiyaga boʻlgan ishtiyoqi, yoshlikdagi uchish orzulari insoniyatning Oyga birinchi qadamini qoʻyishiga qanday turtki boʻlgani bilan tanishadi.

Tadbir tili: ingliz.
Tavsiya etilgan yosh: 5+.

Ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval