Anons
Shaxmat toʻgaragi yigʻilishi (7+)
E’lon qilingan sana: · 121

Respublika bolalar kutubxonasi majlislar zalida shaxmat to‘garagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tashrif buyuruvchilar tajribali shaxmatchi va WUT shaxmat klubi kuratori Muhammadamin Raupov bilan oʻyinning asosiy qoidalarini, donalarni harakatlantirishni oʻrganadi va birinchi oʻyinini oʻynashga harakat qiladi.Ular shaxmat nazariyasini oʻrganadi, strategik fikrlashni rivojlantiradi va turnirlarga tayyorgarlik ko‘radi. Yigʻilish oʻynashni endi oʻrganayotganlar uchun moʻljallangan.
Tadbir tili: oʻzbek va rus.
Tavsiya etilgan yosh: 7+.
Ishtirok etish bepul.
Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Jadval
- Respublika bolalar kutubxonasi18-apreljuma16:00Toshkent, Yaxyo G'ulomov ko‘ch., 47