Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

E’lon qilingan sana· 494
Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21-mart, juma kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar 27-mart, payshanba kunigacha ta’tilda bo‘ladi. Shu tariqa o‘quvchilar 7 kun dam oladi. IV chorak darslari esa 28-martdan boshlanadi.

Sanalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq belgilanadi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonliklar Navroʻz bayramida faqatgina 21-mart kuni dam oladi, qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha qaror chiqqani yoʻq.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling