"Uy" nomli qisqa-metrajli oʻzbek multfilmi premyera qilindi
E’lon qilingan sana: · 755
Bolalar uchun moʻljallangan “Uy” nomli qisqa-metrajli oʻzbek multfilmi premyera qilindi. Animatsion film Respublika Ma’naviyat va marifat markazi tomonidan ishlangan.
Qayd etilishicha, film zamonaviy dunyoning eng muhim muammolaridan birini koʻrsatadi, insonni o‘z “uyini” tartibga solishga undaydi. “Uy” multfilmida oʻzgacha voqealar rivoji, mazmunli ishoralar va jonli tasvirlar har bir tomoshabinni oʻz odatlarini qayta koʻrib chiqishga undashi mumkin.
Multfilmda uyni tark etishga majbur boʻlayotgan kitoblar tasvirlanadi. Ularning oʻrnini esa ijtimoiy tarmoqlar egallaydi.