Anons
Tashkent City Mall yonidagi ochiq maydonda konkida uchish
E’lon qilingan sana: · 707
“Tashkent City Mall” ochiq osmon ostida konkida uchishga taklif qiladi.
Savdo markazi yaqinida joylashgan 700 kvadrat metr hududga ega muz maydonchasi bir vaqtning oʻzida 100 kishini sigʻdira oladi. Konkiga oʻz konkilaringiz bilan kirishingiz mumkin. Shuningdek, ularni ijaraga olish ham mumkin. Konkida uchish maydonchasi yonida oziq-ovqat va ichimliklar sotiladigan kornerlar mavjud — “The Burger”, “Cucucina”, “Goʻsht”, “Hot Dog”, “Hamdi Usta”, “7Saber”, “Bistecca”, “Salateria”, “Dolly Beard”.
Narxlar:
- kattalar uchun konki ijarasi bilan — 50 daqiqa uchun 100 000 so‘m;
- bolalar uchun konki ijarasi bilan — 50 daqiqa uchun 50 000 soʻm;
- shaxsiy konkiga ega kattalar uchun — 50 daqiqa uchun 80 000 so‘m;
- shaxsiy konkiga ega bolalar uchun — 50 daqiqa uchun 40 000 soʻm;
- instruktor ishtirokida bitta dars — 50 daqiqa uchun 200 000 so‘m;
- balansni ushlash uchun “pingvincha” tayanchi ijarasi — 50 000 soʻm.
Ochiq osmon ostidagi muz maydoni ish vaqti: 14:00 dan 23:00 gacha.
Konkida uchishda bir qator qoidalar mavjud:
- konkilarsiz muz ustiga chiqish taqiqlanadi;
- muz maydoni chetiga yaqinroq yurish tavsiya etiladi;
- xodimlarining ko‘rsatmalariga rioya qilish zarur;
- yiqilganda imkon qadar tezroq turish tavsiya etiladi;
- muz ustida uchish paytida yugurish va itarish taqiqlanadi;
- oziq-ovqat va ichimliklar bilan muz ustiga chiqish ham taqiqlanadi.
- Sana28-dekabrdan 1-fevralgacha