Toshkentdagi bosh archaga qanday borish mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 470
Toshkentdagi bosh archaga qanday borish mumkin?

Bayram oʻtkaziladigan hudud yaqinidga shaxsiy avtomobil bilan kirish mumkin emas, shu sababli bosh archaga taksi yoki jamoat transporti – metro, avtobusda borish yaxshiroq variant.

Bosh archa ana’naviy tarzda Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonga oʻrnatildi va u 25-dekabrdan 10-yanvarga qadar har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha ochiq bo‘ladi.

Asosiy archa yaqinidagi yo‘llar 15-yanvarga qadar transport vositalari harakati uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan, uning yaqinidagi Istiqlol va Zarafshon ko‘chalari chorrahasida joylashgan “Hyatt Regency” mehmonxonasi ro‘parasidagi yagona avtoturargohga kirish ham yopilgan. Bayram oʻtkaziladigan hudud yaqinidga shaxsiy avtomobil bilan kirish mumkin emas, shu sababli bosh archaga taksi yoki jamoat transporti — metro, avtobusda borish yaxshiroq variant.

Archaga borishning qulay usuli — bu taksi va jamoat transporti — avtobuslar (aytgancha, 1-yanvardan boshlab avtobus yoʻlkiralarini naqd pulda toʻlay olmaysiz) va metro. Afisha.uz ushbu usullarni xaritada koʻrsatib beradi.

Taksi

O‘zbekistondagi asosiy Yangi yil archasiga taksida borish uchun haydovchidan “Hyatt Regency” mehmonxonasi yaqinidagi Alisher Navoiy kutubxonasiga olib borishini so‘rashingiz mumkin. Agar siz smartfoningizdagi ilova orqali taksi chaqirish xizmatlari, masalan, “Yandex Go"dan foydalansangiz, shunchaki “Yangi yil archasi” soʻzini yozishingiz kerak. Boshqa ilovalarda siz manzilni qoʻlda kiritishingiz yoki oxirgi bekat sifatida “Hyatt Regency” mehmonxonasini tanlashingiz kerak.

Quyidagi xaritada siz taksi chaqirishingiz mumkin boʻlgan nuqtalar koʻrsatilgan, oʻsha joylarda tushib qolib, keyin koʻchalar toʻsib qoʻyilganligi sababli archagacha piyoda borishingiz kerak boʻladi.

Metro

Yana bir qulay usul — bu metrodan foydalanish. Bayram hududiga eng yaqin metro bekati “Chilonzor” yo‘lidagi “Mustaqillik maydoni"dir.

  • Agar “Yunusobod” yo‘li bo‘ylab harakatlansangiz, “Yunus Rajabiy” bekatidan “Amir Temur hiyoboni"ga o‘tib, “Mustaqillik maydoni"ga kelishingiz kerak;
  • “O‘zbekiston” yo‘lidan foydalansangiz, “Alishera Navoiy” bekatiga yetib, “Paxtakor"ga o‘tish va yan bitta bekat yurib, “Mustaqillik maydoni"ga borish kerak bo‘ladi;
  • “O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi” (halqa) metro yoʻlidan ikki marta — “O‘zbekiston” liniyasi bo‘yicha Texnopark bekatidan “Do‘stlik"ga, so‘ngra “Alishera Navoiy” bekatidan “Paxtakor"ga o‘tish kerak. Keyin “Mustaqillik maydoni” bekatiga boriladi.

Quyidagi xaritada Mustaqillik maydoni metro bekati koʻrsatilgan boʻlib, undan 5−7 daqiqada bolalar bilan bosh archagacha piyoda borishingiz mumkin.

Avtobuslar

Asosiy archaga yaqin joyda jamoat transporti bekati yoʻq. Ammo avtobusdan Yangi yil maydoniga bolalaringiz bilan atigi 5−12 daqiqada piyoda borishingiz mumkin.

  • Eng yaqin “Mustaqillik maydoni” bekatida (Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chasi chorrahasida joylashgan) 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97-sonli avtobuslar, 115 va 140, shuningdek, 76 va 88-sonli mikroavtobuslar.
  • Alisher Navoiy koʻchasida tegishli mehmonxona yonida “Hotel Wyndham Tashkent” bekati joylashgan. Bu yerda 28, 30, 44, 46, 68, 78, 89, 91, 115 va 140-avtobuslar, shuningdek, 76 va 88-sonli mikroavtobuslar to‘xtab oʻtadi.
  • Temuriylar tarixi muzeyi yaqinida “Yuridik universiteti” bekati ham mavjud boʻlib, u yerdan bayram hududiga tez piyoda borishingiz mumkin. 19, 37, 38, 51, 67, 85 va 93-sonli avtobuslar shu yerdan oʻtadi.
  • Avvalgisiga qarama-qarshi “Hotel City Palace” bekati joylashgan boʻlib, u yerda 19, 38, 51, 55, 67, 85, 93 va 115-sonli avtobuslar toʻxtaydi.
  • Ssosiy archaga eng uzoqdagi bekat “Wyndham Tashkent Hotel” deb nomlanadi va “Trilliant” majmuasi yaqinida joylashgan. Bu yerdan 2, 17, 24, 26, 28, 30, 44, 46, 68, 72 va 78-avtobuslar, shuningdek, 76 va 88-sonli mikroavtobuslari oʻtadi.


Toshkentdagi boshqa archalarning joylashuvi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.