Toshkentdagi bosh archaning balandligi qancha?

E’lon qilingan sana· 960
Toshkentdagi bosh archaning balandligi qancha?

Poytaxt hokimligi Oʻzbekistonning bosh archasi muvaffaqiyatli o‘rnatilgani haqida xabar berib, uning balandligi va bezaklari haqida ma’lumot berdi.

Toshkentning bosh archasi 35 metr balandlikda (ikki metrli yulduz bilan birga) bo‘lib, 33 000 dona o‘yinchoq va 14 000 metr chiroqli gerlyandlar bilan bezatilgan. Asosiy archadan tashqari, bayram maydoniga yana to‘rtta kichik archa va dekorativ elementlar o‘rnatildi.

Bosh archa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda joylashgan. U 25-dekabrdan 10-yanvargacha, har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.