Toshkentda bolalar maydonchasi boʻlgan restoran va kafelar (1-qism)

E’lon qilingan sana· 931
Toshkentda bolalar maydonchasi boʻlgan restoran va kafelar (1-qism)

Koʻpchilik restoranlarga oʻz oilasi bilan tashrif buyuradi. Dam olish kunlarida yoki ish kunidan keyin mazali taomlar qarshisida tinch holatda oʻtirish muhim hisoblanadi. Bunda yosh farzandi bor oilalarga bolalar maydonchasiga ega boʻlgan restoranlar yordamga keladi.

Ushbu toʻplamda Afisha.uz Toshkent shahridagi bolalar maydonchasi mavjud boʻlgan restoranlarni bir yerga jamladi.


“Aile”

Ushbu restoran tugʻilgan kunlarni nishonlash uchun ajoyib maskan hisoblanadi. Bu yerda katta bolalar maydonchasi ham boʻlib, bemalol ovqatlanish imkonini beradi. Menyu keng va alohida baliqli taomlar ham mavjud. Bundan tashqari, “Aile” restoranining Samarqand va Qarshi shaharlarida ham filiallari mavjud. Ish vaqti 10:00 dan 22:00 gacha.

Narxlar bir kishi uchun 80 000 — 100 000 soʻm atrofida boʻladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−207−9777.

Manzil.


“Aksu”

Oʻzining beshbarmoq taomi bilan mashhur boʻlgan “Aksu” restorani bolalar maydonchasi bilan ham maqtana oladi. Bundan tashqari, “Aksu"da milliy taomlardan tortib, turk, yevropa va panosiyo oshxonasiga mansub ovqatlarni ham topish mumkin. Restoranning ish vaqti 10:00dan 23:00gacha moʻljallangan.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 100 000 — 150 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−209−3322.

Manzil.


“Benedict”

“Benedict” kafesi 08:00dan 00:00gacha ishlaydi va uning Toshkentda ikkita filiali mavjud. Ushbu ovqatlanish maskanida bolalar maydonchasidan tashqari ona va bola xonasi ham taqdim etiladi. Shuningdek, kafe tomonidan bolalar uchun moʻljallangan menyu ham taklif etiladi.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 100 000 — 150 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 33−888−8807.

Manzillar:


“Broccoli Park”

Ushbu ovqatlanish maskanida bolalar maydonchasidan tashqari, bolalar uchun menyu ham mavjud. Shuningdek, “Brocolli Park"da bolalar uchun mahorat darslari hamda tematik bayramlar tashkil etiladi. Kafe tongi soat 08:00dan tungi 23:00gacha faoliyat yuritadi.

Nonushtalar 50 000 soʻmdan boshlanadi. Narxlar bir kishi uchun taxminan 100 000 — 150 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−501−1010.

Manzil.


“Goʻsht Kids”

“Goʻsht” restoranlar tarmogʻi Toshkentda mashhur hisoblanadi. Shuningdek, restoran bolalar uchun moʻljallangan “Goʻsht Kids” restoranlar tarmogʻini ham tashkil qildi. Hozirgacha bunday turdagi ovqatlanish maskanlari uchta boʻlib, ular Mirobod, Shaxrisabz va Niyozbek koʻchalarida ochilgan.

Bundan tashqari, toʻrtinchi “Goʻsht Kids” tez orada Oʻqchi koʻchasida ochilishi kutilmoqda. Restoranda bolalar uchun menyu mavjud. Shuningdek, kichik yoshdagi farzandlaringiz uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 50 000 — 100 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−130−8800.

Manzillar:


“Happy Land”

“Happy Land” bolalar restorani hisoblanadi. Bu yerda ham maxsus ishlab chiqilgan “kids-menu” mavjud. “Happy Land” shaharchasi koʻrinishidagi katta o‘yin maydonchasi boʻlib, unda enagalar ham bor. Restoranda umumiy zaldan tashqari karaoke va PlayStation boʻlgan VIP xona ham mavjud. Ish vaqti 20:00dan 22:00gacha davom etadi.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 100 000 — 150 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 90−905−1060. (+998) 90−920−8758.

Manzil.


“Jungle Family Club”

Tugʻilgan kunlarni oʻtkazish ham mumkin boʻlgan “Jungle Family Club"da 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻyin maydonchasi mavjud. Bundan tashqari, restoranda bolalar uchun mahorat darslari va tematik bayramlar oʻtkaziladi. Ushbu ovqatlanish maskani 12:00dan 22:00gacha faoliyat yuritadi.

Bolalar menyusi 30 000 soʻmdan boshlanadi. Bir kishi uchun esa narxlar taxminan 100 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 88−900−0800.

Manzil.


“La Cantine Park”

“La Cantine Park” nafaqat oʻzining taomlari bilan mashhur. Ushbu ovqatlanish maskanida bolalar uchun oʻyin maydonchasi boʻlib, unda enaga ham ishlaydi. Restoran ertalabki 09:00dan kechki 22:00gacha xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari, 09:00dan 16:00gacha esa nonushta uchun moʻljallangan taomlarni ta’tib koʻrish mumkin.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 150 000 — 200 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−858−0808.

Manzil.


“Nice Joy”

“Nice Joy” “Подушечная” kafesining filiali hisoblanadi. Ushbu maskan ham tugʻilgan kun bayramlarini oʻtkazish uchun yaxshi variant boʻlib, ajoyib bolalar maydonchasiga ega. Ish vaqti 09:00dan 23:00gacha moʻljallangan.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 100 000 — 150 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−999−7762.

Manzil.


“Resto”

“Resto"da nafaqat bolalar uchun maydoncha, balki ular uchun har yakshanba kuni tematik bayramlar ham tashkil etiladi. Ushbu ovqatlanish maskanida turk, pan-osiyo va mualliflik taomlari tayyorlanadi. Ish vaqti 08:00dan 00:00gacha davom etadi.

Narxlar bir kishi uchun taxminan 150 000 — 200 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55−514−1111.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov