Anons

“Inglizcha gapiramiz” to‘garagi (11+)

E’lon qilingan sana· 105
“Inglizcha gapiramiz” to‘garagi (11+)

Respublika bolalar kutubxonasining kichik transformer zalida “Inglizcha gapiramiz” to‘garagi o‘tkaziladi.

FLEX (Future Leaders Exchange Program) dasturi bitiruvchisi va kutubxona xodimi Farzona Jo‘rayeva bilan birga ishtirokchilar do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda muloqot qilish va og‘zaki nutqni tushunish ko‘nikmalarini mashq qiladilar, yangi so‘z va iboralarni o‘rganadilar.

Toʻgarak ingliz tilida olib boriladi, shu sababli eng kamida A2 darajada inglizchani bilish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan yosh: 11 va undan yuqori.

Ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.