Anons

"English Book Club" - "Paddingtonning sevimli hikoyalari" (7+)

E’lon qilingan sana· 89
"English Book Club" - "Paddingtonning sevimli hikoyalari" (7+)

Respublika bolalar kutubxonasining kichik transformer zalida inglizzabon kitob to‘garagi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar ingliz tili o‘qituvchisi Umida Qodirova bilan birgalikda britaniyalik yozuvchi Maykl Bondning “Favourite Paddington Stories” (“Paddingtonning sevimli hikoyalari”) kitobini o‘qib, muhokama qilishadi.

Bir kuni Paddington Bukingem saroyi va Tauerni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida London bo‘ylab avtobus sayohatiga chiqishga qaror qiladi. Ammo ayiqchaning birorta sayri sarguzashtsiz o‘tmaydi. Bu safar uni qanday voqealar kutib turibdi?

Ishtirok etish uchun ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish tavsiya etiladi.

O‘tkazish tili: ingliz tili.
Tavsiya etilgan yosh: 7 yoshdan yuqori.

Ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.