Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturi

E’lon qilingan sana· 48
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturi

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

5-oktyabr:

Uchrashuv xonasi

12:00 dan 13:00 gacha — “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasidan o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan fortepiano musiqasi bayram konserti”.


Kichik transformer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagi yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda “Mushukcha Shmyak va maktab tomoshasi” asarini o‘qiydi.

Til: rus va oʻzbek.
Yosh chegarasi: 6+.


Kutubxona hovlisi

15:00 dan 16:30 gacha — “Stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilish.

Ishtirokchilar “Brainy Trainy: Tez o‘qish” o‘yinini o‘ynaydi. Munosabat tezligi va diqqatni jamlashni rivojlantiradi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 8+.


6-oktyabr:

Uchrashuv xonasi

12:00 dan 13:00 gacha — “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabalari ansambi ijrosida o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan an’anaviy musiqa bayram konserti”.


Kutubxona hovlisi

13:00 dan 14:00 gacha — “Feruz Akobirov bilan birgalikda inglizzabon kitob to‘garagi”.

Ishtirokchilar Amelia Bedelia on the job" (“Amelia Bedelia ishda”) asarini o‘qiydi.

Til: ingliz.
Yosh chegarasi: 12−15 yosh.


15:00 dan 16:30 gacha — “Stol o‘yinlari yosh ixlosmandlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar Dmitriy Norrning “Evolution” stol oʻyinini oʻynaydi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 13+.


Ishtirok etish bepul.
Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.