Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 42
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

23 avgust

Kichik transformer zali

11:00 dan 11:45 gacha — “Jajji kichkintoylar uchun inglizzabon kitob to‘garagi”.

Ishtirokchilar o‘qituvchi va kutubxona xodimi Marhabo Aminova bilan birgalikda “Little Big Feelings” “When I’m happy” (“Baxtiyor bo‘lganimda”) rasmli kitobi bilan tanishadi.

Til: ingliz.
Yosh chegarasi: 4 yoshgacha, ota-onalar birga boʻlishi talab qilinadi.


24-avgust

Amfiteatr

11:00 dan 12:00 gacha — “Maestroʻs Lab loyihasidan kichkintoylar uchun mumtoz musiqa konserti”

Ishtirokchilar Vivaldi, Chaykovskiy va boshqa bastakorlarning asarlarini tinglaydi.

Ular cholg‘u asboblarining ovozini farqlash, qushlarning sayrashiga taqlid qilish va o‘ynashni o‘rganadi.

Yosh chegarasi: 6 yoshgacha, ota-onalar birga boʻlishi talab qilinadi.


Kichik transformer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagii”.

Ishtirokchilar kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda “Chik va Briki: g‘aroyib pufakcha” asarini o‘qiydi va zukkolik hamda qo‘llab-quvvatlov haqida suhbatlashadi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 5+.


16:00 dan 17:00 gacha — “O‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik to‘garagi uchrashuvi”.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Markaziy banki mutaxassislari bilan birgalikda firibgarlik turlari hamda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida bilib oladi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 12−15 yosh.


25-avgust

Kichik transfomer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagi yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar maktabgacha ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Iroda Oripova bilan birgalikda “Gar istaging bo‘lsa” asarini o‘qiydi. Jasurlik va mo‘jizalar haqida suhbatlashadi.

Til: oʻzbek.
Yosh chegarasi: 5−7 yosh.


16:00 dan 17:00 gacha — “IInglizzabon kitob to‘garagi”.

Ishtirokchilar ingliz tili oʻqituvchisi Umida Qodirova bilan “Five Bears: A Tale of Friendship” asarini o‘qiydi. O‘zaro tushunish hamda do‘stlik haqida suhbatlashadi. Ingliz tilini dastlabki darajada bilish tavsiya etiladi.

Til: ingliz.
Yosh chegarasi: 7+.


Majlislar zali

16:00 dan 17:00 gacha — “O‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik to‘garagi uchrashuvi”.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Markaziy banki mutaxassislari bilan birgalikda firibgarlik turlari hamda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida bilib oladi.

Til: oʻzbek.
Yosh chegarasi: 12−15 yosh.


Ishtirok etish bepul.
Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.