Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 65
Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif qiladi.a

Jadval:

7-mart

Kichik transformer zali

18:00 dan 19:00 gacha — “To‘qish to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar ekologik ashyolardan tayyorlanadigan aksessuarlar dizayneri Susanna Kadirova bilan to‘qish asoslari malakasini orttiradi. Qatnashchilar gulbarglar to‘qishni o‘rganib, butun bir atirgulni yasaydi. Ishtirok etish uchun 5 mm.lik qalinlikdagi pilta va unga mos kalava iplarni olib kelish lozim.

Yosh chegarasi: 13+.


Katta transformer zali

16:00 dan 18:00 gacha — “Kattalar va bolalar uchun bayram tabriknomalarini muallima Karina Javliyeva ishtirokida yasash ustaxonasi”.

Ishtirokchilar mevali daraxt novdalari yordamida tabriknomalar yasaydi, gullar chizib birgalikda suyukli xotin-qizlarga ezgu tilaklar bitadi.

Yosh chegarasi: 5+.


Majlislar zali

18:00 dan 19:00 gacha — “8-mart arafasidagi bayram konserti”.

“Flamingo” studiyasining vokal, pianino, gitara va skripka sozandalari ijrosida sevimli filmlar musiqalarini tinglash mumkin bo‘ladi. Dasturdan Dario Marianellining “Anna Karenina” va “Andisha va g‘urur”, Aleksandr Desplaning “Kichkina xonimlar”, Mirhalil Mahmudovning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, Sergey Nikitinning “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” va Andrey Petrovning “Ishdagi ishq”, Teodor Shapironing “Qattiqqo‘l xonim”, Rolf Kentning “Qonundagi mallasoch”, Elliot Goldentalning “Frida” filmi va boshqa dovrug‘li ayollar haqidagi filmlarda yangragan musiqa va kompozitsiyalar o‘rin olgan.

Yoshi chegarasi: 5+.


9-mart

Kichik transformer zali

12:00 dan 13:00 gacha — “San'at ixlosmandlari to‘garagining „Bolalar akademiyasi“ rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina ishtirokidagi uchrashuvi”.

Ishtirokchilar Yuliya Yakovlevaning “Maya Plisetskayadan nimani o‘rganishim mumkin” kitobini mutolaa qiladi. Afsonaviy balet raqqosasi Maya Plisetskayaning hayoti va faoliyati haqidagi maroqli hikoyani tinglab, uning qanday qilib ifodali nafislikka erishgani, o‘z uslubini yaratishga muvaffaqa bo‘lganini bilib oladi, shuningdek, uning o‘z ustida ishlash, ruhiy tushkunlikka tushmaslik, sha’nni qadrlab, kamchiliklardan qo‘rqmaslik haqidagi maslahatlarini o‘qiydi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 5+.


13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar o‘zbek yozuvchisi va musavviri Dinara Mo‘minovaning “Tug‘ilgan kunimga sovg‘a” asarini radioboshlovchi, kutubxonamiz xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva ishtirokida o‘qib, muhokama qilishadi. Soddagina hikoya bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasaydi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 5+.


Uchrashuv xonasi

18:00 dan 19:30 gacha — “Kattalar va bolalar uchun xalqaro etiket bo‘yicha ekspress kurs”.

Ijtimoiy va ishbilarmonlik aloqalari bo‘yicha ekspert Tatyana Polyakova bilan birgalikda ishtirokchilar odob-axloq qoidalari asoslarini necha yoshdan oʻrganishni boshlashlari kerakligi va bu bilim bizning koʻp millatli dunyomizda nega oʻzgarmas boylik ekanligini, madaniyatlararo muloqotning qanday qoidalariga hamma amal qilishi kerakligini va ular aslida qanday namoyon boʻlishini bilib oladilar.

Ishtirokchilar turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutish kerakligini aniqlaydi, norasmiy sharoitda yangi bilimlarni qo‘llaydi, shuningdek, savol-javoblar davomida o‘z savollarini ekspertga berishi mumkin bo‘ladi.

Til: rus.
Yosh chegarasiL 10+.


10-mart

Majlislar zali:

11:00 dan 14:00 gacha — “Kutubxona hayotiga bag‘ishlangan „zin“ uslubida jurnal yaratish bolalar ustaxonasining ikkinchi yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar rassom Kseniya Gorbachyova va muallima Karina Javliyeva bilan birga kutubxona hududini tadqiq etib, “zin” madaniyati — kam nusxali qo‘lbola nashrlar yaratish bilan tanishadi. Kutubxona hayotiga oid mualliflik mo‘jaz kitobchasi ustida ishlashni davom ettiramiz.

Ilk mashg‘lulotda “zin” atamasi qanday paydo bo‘lganligini bilib olishgan, turli bichimlar bilan tanishib, shaxsiy jurnalimizning tuzilishini jamlashni boshladik. Bu safar “zin” mazmun bilan to‘ldiriladi: rasm, kollaj, muxtasar ma’lumot, fotosurat va boshqa ishlanmalarni sahifalar bo‘ylab taqsimlaydi.

Til: rus.
Yoshi chegarasi: 10+.


15:00 dan 16:00 gacha — “Bolalar uchun odob-axloq darsi.”.

Ishtiroklari dunyoviylik va ishbilarmonlik muloqoti bo‘yicha yetakchi mutaxassis Tatyana Polyakova bilan birgalikda xushmuomalalik asoslarini o‘yin shaklida tahlil qiladi. Salomlashish va sovg‘a tanlashning odob-axloq qoidalariga qanday aloqasi borligini, nima uchun vilka-yu pichoqdan tashqari, savollarga javob berish mahorati ham muhimligini, nega ko‘zlar bilan kulib boqish hamda nima uchun muloqot qoidalari aslida insonlarga nisbatan mehr-muhabbat ekan haqida bilib olishadi.

Til: rus.
Yoshi6+.

Kirish

14:00 dan 15:00 gacha — “Karina Javlieva bilan yaqindan oʻqish seminari”.

Ishtirokchilar xitoylik yozuvchi va illyustrator Chen Chjiyuann Xitoylik muallif va musavvir Chen Chih-Yuanning “Kra-kra” kitobini muallima Karina Javliyeva ishtirokida mutolaa va muhokama qilishadi. O‘zlikni izlash va eng yaqin insonlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatii haqida suhbat bo‘ladi. Shuningdek, uchrashuvning maxsus mehmoni, bolalar va kattalar uchun xitoy tili “laoshi"si — ustozi Sani Saikal bilan birgalikda xitoy yozuvi alifbosi bilan tanishamiz. Iyerogliflar qanday paydo bo‘lgani va ularni qanday o‘qishni bilib olamiz. Xitoy tilining o‘zgacha maromini yaratib, so‘zlarning ma’nosini belgilaydigan to‘rtta ohangning farqlarini tahlil qilamiz. “Kra-Kra” kitobidan bir nechta so‘zlarni o‘rganib, noodatiy tovushlarni talaffuz qilishni mashq qilamiz hamda iyeroglifli tabriknomalarni yasaydi.

Til: rus.
Yoshi chegarasi: 6+.


Katta transport zali

15:30 dan 16:30 gacha — “Bolalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar e’tiborini rossiyalik oʻyin ishlab chiqaruvchisi Nikolay Pegasovning “Consideration Junior” oʻyiniga qaratadi. Ular topshiriqlarga muvofiq soʻzlarni tanlaydilar, mantiqiy fikrlash va xotirani rivojlantiradilar, shuningdek, reaktsiya, topqirlik va zukkolikdan foydalanishni oʻrganadilar.

Til: rus.
Yoshi: 6+.


15:30 dan 17:00 gacha — “Bolalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar rossiyalik o‘yin ixtirochisi Nikolay Pegasovning “Mulohaza yuritish — o‘smirlar” o‘yiniga e’tibor qaratadi. Topshiriqlarga mos so‘zlarni tanlaydi, mantiqiy fikrlash va xotirani charxlaydi, shuningdek, munosabat, topqirlik hamda zukkolikni qo‘llashni o‘rganadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi 6+.


Barcha ma’rifiy dasturlarda ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.