Toshkentda “Ming Qorbobo” fleshmobi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 2 009
Toshkentda “Ming Qorbobo” fleshmobi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda ertaga, 30-dekabr kuni “1000 nafar Qor bobo” flesh-mobi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

“Unda Qorbobo va Qorqizning sehrli liboslarini kiygan yuzlab odamlar ko‘chalarni bayramona kayfiyatga to‘ldiradi”, deyiladi xabarda.

Fleshmob Konstitutsiya ko‘chasidan (Brodvey) boshlanib, Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab Milliy kutubxonaga tutash maydondagi Markaziy archa maydonigacha davom etadi. Tadbir 15:00 da boshlanadi.