Respublika bolalar kutubxonasida madaniy-ma'rifiy dastur
Respublika bolalar kutubxonasi madaniy-ma'rifiy dasturga taklif etadi.
Dastur:
4-noyabr:
Majlislar zali:
- 11:00 — Nargis Karimovaning o‘zbek tilidagi “Oq terakmi, ko‘k terak?” musiqali kitobi taqdimoti.
Muallif bilan birga kitob va unga ishlangan rasmlarning yaratilish tarixi haqida suhbat bo’ladi. Shuningdek, to‘plamga kiritilgan qo‘shiqlarni “Bulbulcha” bolalar ansambli ijrosida tinglash mumkin bo’ladi. Kitobdan “Oyijon”, “Boychechak”, “Sumalak”, “Laylak keldi, yoz bo‘ldi”, “Alla” kabi xalq va muallif qo‘shiqlari jamlangan.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Yosh chegarasi: 5+
Transformer zal:
- 11:00 — Eng jajji kichkintoylar uchun inglizcha kitob to‘garagi.
“Usborne Sound Books” turkumiga mansub “Let's Get Dressed”, “Playtime”, “Zoo Sounds” kitobchalarini Inoyat Sodiqova bilan mutolaa qilinadi. Ota-onalarning hozir bo‘lishlari majburiy.
Muloqot tili: ingliz tili
Yosh chegarasi: 5 yoshgacha
Transformer zal:
- 13:00 — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.
Bolalar qomusiy kitobidan hayvonlar, o‘simliklar va ularning yashash makonlari haqidagi bitiklar radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda mutolaa qilinadi.
Muloqot tili: o‘zbek tili
Yosh chegarasi: 5+
Transformer zal:
16:00 — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.
Viktor Dragunskiyning “Deniskaning hikoyalari” kitobidan “Siz sirkchilardan battar emas” hikoyasi murabbiy Kamila Karimova bilan birga mutolaa va muhokama qilinadi.
Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+
5-noyabr:
Transformer zal:
- 13:00 — Bolalar akademiyasi musavviri va muallimasi Liliana Valiullina bilan san’at ixlosmandlari to‘garagining uchrashuvi.
Barb Rozenstok va Mari Granpre qalamiga mansub Van Gog hayoti va ijodiga oid “Vinsent uxlay olmayapti” kitobi mutolaa qilinadi.
Muloqot tili: rus tili
Ishtirokchilar yoshi: 4+
Majlislar zali:
- 15:00 — Me’morchilik to‘garagining yig‘ilishi.
Me’morchilik tarixi va innovatsiyalari haqidagi o‘zaro bilim, kuzatish va mulohazalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida hamfikr, talaba, amaliyotchi va ishtiyoqmandlar jamlanadi.
Muloqot tili: rus tili
Transformer zal:
16:00 — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.
Viktor Dragunskiyning “Deniskaning hikoyalari” kitobidan “Siz sirkchilardan battar emas” hikoyasi murabbiy Kamila Karimova bilan birga mutolaa qilinadi.
Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+
Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Kirish bepul.
Mahorat darslarida qatnashish bepul.
- Sana4dan 5-noyabrgacha