Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur
Respublika bolalar kutubxonasi mehmonlarni ma’rifiy dasturga taklif etadi.
Dastur:
7-oktabr:
Majlislar zali:
- 12:00−13:00 — Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilarining skripka konserti.
Dasturdan Genrix Venyavskiy, Sergey Raxmaninov, Richard Vagner, Nikkolo Paganini, Lyudvig Shpor, Georgiy Mushel va Frits Kreysler asarlari o‘rin olgan.
Yosh chegarasi: 6+
Transformer zali:
- 14:00−15:00 — Radioboshlovchi, kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva «Zumrad va Qimmat» o‘zbek xalq ertagini o‘qib beradi.
Muloqot tili: o‘zbek tili
Yosh chegarasi: 5+
Majlislar zali:
- 16:00−17:00 — Neyropedagog va defektolog Yelizaveta Logvina bilan tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha mahorat darsi.
Bosh miya yarim sharlarining o‘zaro ta’siri — xotira, diqqat-e'tibor, ko‘z-qo‘l muvofiqlashtirishini rivojlantirishga mo‘ljallangan neyro mashqlar bajariladi.
Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 6+
8-oktabr:
Transformer zali:
- 11:00−12:00 — Eng jajji kichkintoylar inglizcha kitob to‘garagi.
Multilingvistika bo‘yicha mutaxassis, ta’lim kanallarining muallifi Inoyat Sodiqova bilan birgalikda ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi kitoblarni ingliz tilida o‘qiymiz. «Usborne Sound Books» turkumiga mansub «Garden Sounds», «Don't tickle the Tiger» kitobchalari mutolaa qilinadi. Ota-onalarning hamrohligi — majburiy.
Yosh chegarasi: 1−5
Amfiteatr:
- 16:00−17:00 — San’at to‘garagining kutubxonadagi dastlabki yig‘ilishi.
Gerbert Rid qalamiga mansub «Zamonaviy rangtasvirning qisqacha tarixi» kitobining birinchi «Zamonaviy san’atning kelib chiqishi» bobi rassom Liliana Valiullina bilan muhokama qilinadi.
Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 10+
Amfiteatr:
- 17:30−19:00 — Shoira, kutubxona xodimi Dilnoza Kamol bilan kattalar uchun «She'riyat» to‘garagining dastlabki yig‘ilishi.
Shoir Begali Eshonqulovning she’rlari o‘qib tahlil qilinadi.
Muloqot tili: o‘zbek tili
Yosh chegarasi: 16+
Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Kirish bepul.
- Sana7-oktabr
- Sana8-oktabr