Yuraging olovin ber, rostan qimirlasin yer: Lola feat Ruhsora Emm — "Alam" nomli yangi treki premyera qilindi

Xonandalar Lola va Ruhsora Emm ijrosidagi “Alam” nomli yangi duet barcha musiqiy platformalarga joylandi. Bu haqda san’atkorlarning o‘zlari Instagram sahifalarida xabar berishdi.
“Alam” — bu ikki ijodkorning o‘z uslublarini birlashtirgan zamonaviy trendlarni moslashtirgan qo‘shig‘i.
Introda Lolaning “Sizdachi, sizda nechta — ikkitami?” hamda instagram reelsda trend ohangga aylangan Ruhsoraning “Gaza bas” qoʻshigʻi ritmiga qoʻyilgan “dil izhorlari” kuylangan. Ammo trekning eng “yondiruvchi” qismi:
Yuraging olovin ber, rostan qimirlasin yer,
Har kim nima desa der, tasavvurga imkon ber.
Tepadagi satrlaridan soʻng boshlanuvchi raqs undovchi “beat va bas” trekni katta auditoriyali musiqiy kechalarning ajralmas “must have” qismiga aylantiradi. Qo‘shiqda so‘z va musiqaning uyg‘unligi, ijrochilarning ovoz tembri va hissiy yondashuvi tinglovchilarni o‘ziga jalb qiladi.
Yangi trekni tinglash uchun havola.
Eslatib oʻtamiz, “Xalqlar doʻstligi” saroyida Lolaning “Oʻzicha” nomli konserti boʻlib oʻtadi.
Lola
“Xalqlar doʻstligi” saroyida xonanda Lola Yuldashevaning "Oʻzicha" nomli katta yakkaxon konsert dasturi boʻlib oʻtadi.