Jony va Arash duet kuylaydi

E’lon qilingan sana· 79
Jony va Arash duet kuylaydi

Kelib chiqishi ozarbayjonlik boʻlgan Rossiya qoʻshiqchisi Jony va eronlik xonanda Arash duet kuylaydi. Bu haqda ular oʻz Instagram sahifalarida ma’lum qildi.

Ushbu rolikda Jony doʻstiga yangi qoʻshiq yozganini, buni eshitgan Arash esa aslida bu uning mashhur “Boro Boro” treki ekanini aytadi.

Qayd etilishicha, Jony Arash tomonidan kuylangan “Boro Boro” qoʻshigʻining remeykini e’lon qiladi va u “Уходи Уходи” (“Ket ket”) deb nomlanadi. Premyera 25-aprel kuniga moʻljallangan. Ma’lumot uchun, qoʻshiqning original versiyasi 2004-yilda reliz qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling