Eksklyuziv: viloyatlararo rep festival ishtirokchilari bilan suhbat

E’lon qilingan sana· 2 074
Eksklyuziv: viloyatlararo rep festival ishtirokchilari bilan suhbat

May oyining birinchi oʻn kunligida Qarshi, Samarqand va Fargʻona shaharlarida katta UzRap festivali boʻlib oʻtadi. Unda oʻzbek rep va hip-hop namoyondalari chiqishlar qiladi. Festival ishtirokchilari: Shoxrux, Asl Wayne, Massa, Minor, Shaka, Java, Abrorbey, Sarvar Kuba, Chab, Doppi Twins va boshqalar.

Afisha.uz ushbu ijrochilarning ayrimlari, xususan, Minor, Shaka, Java, AbroBey va Doʻppi Twins bilan festival va ijod haqida katta suhbat uyushtirdi. Video davomida festival qanday tashkil qilingani, nega aynan ushbu shaharlar tanlangani, boshqa shaharlar qoʻshilishi mumkin yoki yoʻlqigi, reperlar qanday tanlangani, ular qanday qoʻshiqlar bilan chiqish qilishi va hokazolar haqida bilib olishingiz mumkin.

Suhbatni ushbu havola orqali YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Qarshi shahridagi konsert 2-may kuni Yozgi amfiteatrda, Samarqand shahrida 4-may kuni Moʻjiza amfiteatrida boʻlib oʻtadi, Fargʻona shahrida esa 10-may kuni “Eco City” amfiteatrida boʻlib oʻtadi. Chiptalar allaqachon sotuvda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling