Reper Eminem nevarali bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 113
Reper Eminem nevarali bo‘ldi

52 yoshli reper Eminem nevarali bo‘ldi. Uning qizi Xeyli Jeyd Skott to‘ng‘ich farzandini dunyoga keltirdi va chaqaloq suratini Instagram sahifasiga joyladi.

“Baxtli sana. Kichkina Ye yashayotganiga uch hafta bo‘ldi”, — deb yozib qoldirgan reperning qizi.

Bolaning orqasidagi turgan taxtachada uning ismi — Elliot Marshall MakKlintok, tug‘ilgan sanasi esa 14-mart deb yozilgan. Chaqaloqning ikkinchi ismi bobosining sharafiga qo‘ygan. Eminemning haqiqiy ismi Marshal Bryus Meters III hisoblanadi.

Xeyli Skott va uning turmush o‘rtog‘i Evan MakKlintok farzand kutayotgani Eminemning “Temporary” qo‘shig‘iga ishlangan klipida e’lon qilingandi. Videoda qizi unga “Bobo” yozuvi tushirilgan Detroit Lions futbolkasini va bo‘lajak o‘g‘lining ultratovush suratini ko‘rsatayotgani aks etgan.

Ma’lumot uchun, Xeyli Skott va MakKlintok 2024-yilning may oyida turmush qurgan. Juftlik 2016-yilda uchrashishni boshlagan va 2023-yil fevral oyida unashtirilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling