Ed Sheeran "Azizam" treki va unga ishlangan klipni e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 164
Ed Sheeran "Azizam" treki va unga ishlangan klipni e'lon qildi

4-aprel kuni xonanda Ed Sheeran “Azizam” qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni e’lon qildi.

“Biz uni (klipni — tahr.) shu oy qo‘shiq reklamasi paytida butun AQSH (va qisman Ipsvich) bo‘ylab suratga oldik. Qayerga borsak ham, hamma joyda ajoyib muhit mavjud edi va men buni videoda aks ettirmoqchi boʻldim. Liam Petikka bor kuchini sarflagani va bu videoni shunchalik ajoyib tarzda ishlagani uchun, shuningdek, pushti yuraklarni ko‘rish uchun butun dunyodan kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi Ed.

Qoʻshiq Savan Kotecha, Johnny McDaid, Ilya Salmanzadeh va Ed Sheeran tomonidan yozilgan.

Trekni Apple Music, Spotify, Yandex Music va boshqa platformalarda tinglash mumkin.

Sheeran qoʻshiqni uch hafta oldin Yangi Orlean koʻchalarida, Fransiya kvartalida joylashgan “Soul Rebels” cholgʻu guruhi hamrohligidagi kutilmagan chiqishi paytida ilk bor ijro etgan.

Yangi singl Edning sakkizinchi “Play” nomli studiyaviy albomining birinchi treki hisoblanadi. Qayd etilishicha, albom premyerasi 2025-yilning oxiriga belgilangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling