"Ismigul": Nega xitga aylangan Nadyr treki tarmoqlardan yoʻqoldi?

E’lon qilingan sana· 2 290
"Ismigul": Nega xitga aylangan Nadyr treki tarmoqlardan yoʻqoldi?

Tahririyat ijodkor administratoridan izoh oldi.

So‘nggi oylarda o‘zbekistonlik xonanda Nadyr (Nodirbek Igamberdiyev) O‘ktam Hakimovning “Ismigul” qo‘shig‘iga qilgan qayta ijrosi tinglovchilar e’tiborini tortdi. 2023-yilda chiqarilgan ushbu talqin an’anaviy o‘zbek kuylarini “Enigma” guruhi uslubidagi elementlar bilan uyg‘unlashtirgan. Yangi aranjirovka uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan qo‘shiqqa zamonaviy ohang bag‘ishladi.

Qo‘shiq turli musiqa platformalarida eng yaxshi va tavsiya etilgan treklar ro‘yxatiga kirdi, iTunes’da oltinchi o‘rinni egallab, top-10 ga kirdi. Shuningdek, trek Instagramda virusli tarzda tarqaldi va mashhur xalqaro bloggerlarning reelslarida tez-tez uchray boshladi.

Yaqinda Afisha.uz kuzatuvchilari Ismigul xalqaro platformalardan yo‘qolganini payqashdi — uni Yandex Music, Spotify, iTunes, YouTube va Instagramda topib boʻlmaydi. Nadyr administratori Shahbozxon Bahodirovning aytishicha, “Ismigul” ushbu qo‘shiq muallifining ko‘plab shikoyatlari tufayli barcha musiqa platformalaridan olib tashlangan. San’atkorlar o‘rtasida yozma kelishuvlar bo‘lmagani, faqatgina yozishmalar boʻlgani va ular saqlab qolinmagani sababli, trekni o‘chirishga majbur bo‘lishgan.

Shuningdek, u tinglovchilarni rus va italyan tillarida ijro etiladigan “Ismigul"ning yangi talqinlari ko‘rinishidagi kutilmagan sovg‘a kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling