Abhishek Bachchan Toshkentga keladi

E’lon qilingan sana· 454
Abhishek Bachchan Toshkentga keladi

Mashhur hind kino aktyori Abhishek Bachchan Toshkentga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati. Aktyorning oʻzi bu haqda ma’lum qilib, videomurojaat ham yoʻllagan.

Ta’kidlanishicha, Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida joriy yilning 14−16 mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Hind kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Tadbirda Bollivudning mashhur kinoijodkorlari, jumladan, Abhishek Bachchan ham ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, 14-mart soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida uning koʻplab mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Ghoomer” filmi namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, Abhishek Bachchanlar oilasi a’zosi hisoblanadi, u yana bir mashhur akyor — Amitabh va Jaya Bachchanlarning oʻgʻlidir. Abhishekning turmush oʻrtogʻi ham taniqli aktrisa — Aishvariya Ray.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling