Lola oʻzining konserti foto kitobini sotuvga chiqardi

E’lon qilingan sana· 232
Lola oʻzining konserti foto kitobini sotuvga chiqardi

Xonanda Lola Yoʻldosheva 2024-yilgi “L.O.L.A. Live Show” konsertidan tayyorlangan fotoalbomni kitob koʻrinishiga keltirib, sotuvga chiqardi.

Lola Instagram sahifasida ma’lum qilishicha, ushbu foto kitobda shouning eng yorqin lahza va hissiyotlari aks etgan. Ularni Tashkent City Mall’dagi “Saber Parfume” va “7Saber” doʻkonlaridan xarid qilish mumkin.

Uning sotuvidan tushgan mablagʻlar “Ona” fondiga yoʻnaltiriladi. “Bizning tarixmizning” kichik qismini sotib olib, “Ona” fondiga xayriya qilishingiz mumkin va aynan siz tufayli oilalardan biri muqaddas Ramazon oyida yordamga ega boʻladi", deb yozadi Lola.

Lolaning Instagram’dagi storislaridan ma’lum boʻlishicha, albom 560 ming soʻmdan sotilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Lola ushbu konsertini Oʻzbekistonda ilk marotaba kinoteatrda premyera qilgandi. Shuningdek, mazkur shou “FTV Music Awards 2024” va “Oʻzbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi konserti deb topilgan. Afisha.uz Lolaning ushbu shov-shuvli konsertidan fotoreportaj tayyorlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling