"Ey, chempion": Mirshakar Fayzulloyevning yangi stendap konsertidan reportaj

15-fevral kuni Humo Arena majmuasida stendap komik Mirshakar Fayzulloyev oʻzining yangi stendap konsertini taqdim etdi. Ta’kidlash joiz, bunday katta qamrovli majmuada hech kim stendap konsertini bermagan edi. Mirshakar Fayzulloyev oʻzbek stendap san’atining tarixiy voqeasiga sababchi boʻldi deyish mumkin.
Konsertni reper Shaxriyor yangi albomidagi “Ona qizim” treki bilan boshlab berdi.
“Chempion” nomli dasturida komik yangi hazillarini aytib, ularga mantiqiy yakun sifatida “Jentra” mashinasini zalning oʻzida pachoqladi.
“Jentra” keysi ushbu konsertning qaysidir ma’noda kulminatsion nuqtasi boʻldi deya olamiz. Chunki Mirshakar Fayzulloyev bunga juda katta falsafiy mantiqni qoʻshgan.
Koʻpchilikka ma’lum qora rangdagi “Jentra” xalq orasida, ayniqsa yoshlar ta’biri bilan aytganda — “Kotta bolla” orzusi, oliy maqsad, oliy status belgisi.
Konsert vaqtida Mirshakar Fayzulloyev ushbu mashinani ommaga taqdim etib: kimdir uni yutib olishi mumkinligi haqida gapirdi. Tomoshabinlar birin-ketin chiptalarini tekshirishni boshlagan vaqtda, mashina pachoqlandi. “Jentra” — bu simvol", — deydi stendaper. Bunga qanday ma’no yuklanganini esa oʻzidan tinglaymiz.
“Chempion” konserti qanday oʻtgani, Mirshakar Fayzulloyev bunga qanday tayyorgarlik koʻrgani, jamoa qanday ishlagani, sahna ortidagi jarayonlar va mashhur insonlarning Mirshakar haqidagi fikrlarini Afisha.uz reportajida tomosha qilishingiz mumkin: