Botir Rahimov Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi boʻldi

E’lon qilingan sana· 189
Botir Rahimov Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi boʻldi

17-fevral kuni Milliy Olimpiya qoʻmitasida uchta sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalarining navbatdan tashqari saylov konferensiyalari boʻlib oʻtdi.

Botir Ikromjonovich Rahimov 1966-yilning 30-iyunida, Qoʻqonda tavallud topgan. Oʻzbek tadbirkori, “Paxtakor” futbol klubi va “Oʻzbekiston” mehmonxonasining sobiq egasi.

2001-yilda “Kapitalbank” xususiy bankiga asos solgan. Moliya, sugʻurta, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan koʻplab shirkatlari egasi boʻlgan.

2016-yilda milliarder Alisher Usmonovning jiyani — Bobur Usmonovning bevasi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonovaga uylanganini eʼlon qilgan.

Bundan tashqari, Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi sobiq raisi, Alisher Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga oʻtdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling