Lola 2024-yilgi konsertini YouTube'da qachon e'lon qilishi ma'lum boʻldi
E’lon qilingan sana: · 969

Lola Yoʻldasheva 2-fevral kuni oʻzining 2024-yilgi “L.O.L.A” konsertini kinoteatrda premyera qilgandi. Xonanda ushbu konsert qachon YouTube’ga joylanishini ma’lum qildi.
“L.O.L.A” shou konserti 14-fevral kuni platformaga yuklanadi. “Sanani saqlab qoʻying. 14.02.2025 da mening konsertim YouTube’ga joylanadi”, deb yozadi Lola.
Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz Lolaning kinoteatrdagi premyerasida qatnashib, reportaj tayyorlagan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur shou “FTV Music Awards 2024” va “Oʻzbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi konserti deb topilgan. Afisha.uz Lolaning ushbu shov-shuvli konsertidan fotoreportaj tayyorlagan.