«Выжить в Самарканде» teleshousi premyera qilindi
E’lon qilingan sana: · 132

Rossiyaning ТНТ telekanalida Oʻzbekiston marvaridi — Samarqand shahrida suratga olingan “Выжить в Самарканде” teleshousi ekran yuzini koʻrdi.
“Выжить в Самарканде” (Samarqandda omon qolish) loyihasiga 2023-yilning sentyabrida start berilgan edi. Boshlovchilar Leysan Utyasheva va Pavel Volya boshchiligidagi teleshouning birinchi sonini suratga olish ishlari Dubayda bo‘lib o‘tgan.
Navbatdagi mavsumda “Выжить в Дубай” ko‘rsatuvlarining eng yorqin ishtirokchilari qatnashadi. Yulduzlar va xalq jamoalari yana bir bor kurashib, katta sovrinni qo‘lga kiritish va o‘z mavsumi sharafini himoya qilishi uchun bellashadilar.
Teleshouni mazkur havola orqali tomosha qilish mumkin.