Kendrik Lamar vs Dreyk: rep tarixidagi eng katta "aytishuv" tarixi

9-fevral kuni AQShda 2025-yilgi eng yirik sport va madaniyat tadbirlaridan biri — “Superbowl” boʻlib oʻtdi. U har yili 100 milliondan ortiq tomoshabinni qamrab oladi. U aslida amerikacha futbol ligasining yakuniy uchrashuvi boʻlib, uning taymlari orasida katta shou uyushtiriladi, har yili chiqish qilish uchun dunyo yulduzlari taklif qilinadi. Ayrim AQShliklar superboulni eng tomoshabop final deya ta’riflaydi, amerikacha futbol ligasi finalini odatiy futbol boʻyicha Jahon chempionati finalidan koʻproq odam tomosha qiladi, deya iddao qilishadi, ammo yuqoridagi raqamdan ham ma’lumki, bu boʻyicha hech qanday savol yoʻq — 4 yilda bir marta boʻladigan Jahon chempionati finalini milliardlab odamlar tomosha qiladi.
Kendrik Lamar 2025-yilgi "SuperBowl"da
Ammo “SuperBowl” AQSh madaniyat, marketing va reklama olamida alohida oʻrin tutadi. Bu tadbirning asosiy qismi — shou va reklamalar. Brendlar oʻsha payt efirga uzatiladigan 1 daqiqalik reklamasi uchun millionlab dollar (bu yil 8 mln dollar) toʻlaydi. Bu yil superboulning 59-si boʻlib oʻtdi. Undagi “half time show"da oxirgi yillarning eng koʻringan reperi Kendrik Lamar chiqish qildi. Superboulning epik nuqtasi Kendrikka 5 ta Gremmi mukofotini olib kelgan “Not Like Us” treki kuylanishi boʻldi, u popuri oxirida aytildi. Hozir internetda eng koʻp muhokama boʻlayotgan mavzu ham shu: Kendrik Lamar, “Not Like Us” va tennischi Serena Uilliamsning unga raqs tushishi.
Dreyk
Aslida “Not Like Us” kanadalik reper — Dreykka aytilgan diss boʻlib, bu asrdagi eng katta “rep aytishuvi"ga mantiqiy yasab bergan qoʻshiq, deyish mumkin. Superboul bu mavzuni yana oʻrtaga chiqardi, Serenaning raqsi ham bunga qoʻshimcha boʻldi. Xoʻsh, aslida Dreyk va Kendrik oʻrtasida nima boʻlgan va tennischining bunga nima aloqasi bor? Bugun “asr rep aytishuvi” deb ta’riflanadigan Kendir va Dreyk bifini koʻrib chiqamiz.
Ular avval doʻst boʻlgan
Kendrik Lamar va Dreyk dastlab doʻst boʻlishgan, hatto birga ishlashgan ham. Ular 2011-yilda Kendrikning Torontodagi konsertidan keyin tanishishgan, Dreyk oʻsha yerda yerda yashardi. Yaxshilab tanishib, til topishib olishgandan keyin ular "Buried Alive Interlude" duet kuylashgan. Hozir bu qoʻshiq Dreyk YouTube kanalidan oʻchirilgan, ammo internet hech narsani unutmaydi.
Bu duet Kendrik faoliyatida burilish yasadi, ushbu trek e'lon qilingan "Take Care" albomida undan tashqari Rianna, Lill Ueyn kabi yulduzlar ham qatnashgandi. Lamar hatto Dreyk bilan turnelarda ham yurgan va konsertoldi sahnani qizdirgan. 2012-yilda esa Dreyk Lamarning albomida chiqqan. Oʻshanda ular "Poetic Justice" qoʻshigʻini e'lon qilishgan. Bu trekka Dreykni taklif qilish fikri Lamarning prodyusseridan chiqqan.
O‘sha yili ikkala reper ham Asap Rokki bilan birgalikda "Fuckin’ Problems" trekini chiqarishgan. Dreyk bu qoʻshiqda boshqa narsalar qatorida o‘zi bilmagan odamlarga ishonmasligi haqida ham aytgan. Keyinchalik Lamar bifda ham bundan foydalanib, Dreykda paranoya borligini aytadi.
2013-yilda Kendrik oʻzini ikkala – Gʻarbiy va Sharqiy qirgʻoqning (West and East Coast) (rep) qiroli deb e'lon qiladi. Big Shonning "Control" trekida u koʻp reperlar qatorida Dreykni ham eslab oʻtib, disslashishga chaqiradi.
Dreyk buni toʻgʻri qabul qilgan, provokatsiyalarga uchmagan, ammo Lamar baribir tinchimagan. U oʻsha yili "BET Hip-Hop Awards" taqdirlash marosimida Dreykni "ta'sirchan reper" deb atab, uni javob qaytarolmaganini aytgan. Kanadalik reper esa yana provokatsiya qilayotganini aytib, "javob qaytarishga majbur qilayotgani"ni ma'lum qilgan. Lekin shunda ham u provokatsiyaga uchmagan – javob diss qaytmagan. Shundan keyin ikki tomon ham biroz tin olgan.
Keyingi yillarda Dreyk va Lamar o‘rtasidagi urush ko‘proq "sovuq" bo‘ldi. 2015-yilda Kendrik "King Kunta" xitida Dreykka tekstlarini boshqa mualliflar yozib berishiga ishora qilib oʻtib ketgan. Dreyk The Game bilan "100" fitida va nihoyat Lamarga javob beradi.
2023-yil oktyabr oyida Drake va Jay Cole "First Person Shooter" trekini chiqaradi. Unda ular Lamar bilan birga reperlarning "katta uchligi"ni tashkil qilishini aytadi. Bir necha oy o‘tgach, 2024-yil mart oyida Lamar uch kishi boʻlib kuylangan "Like That" qo‘shig‘ida hech qanday kuchli uchlikka kirmasligini, u bir oʻzi ekanini ma'lum qiladi.
5-aprel kuni Jey Koul Lamarga "7 minute drill" dissini yozdi. Ammo ikki kundan keyin u buning uchun uzr so‘radi va trekni strimingdan o‘chirib tashladi.
13-aprel kuni Dreykning o‘zi Lamarga "Push Ups" dissini yozdi. Ular shu nuqtadan shaxsiyatga oʻtishni boshladi. Matnda, boshqa narsalar qatorida, u Kendrikni rafiqasi Uitni Alford xiyonat qilayotganiga ishora qilgan. Javobni kutmasdan, 24-aprel kuni Dreyk yana bir "Taylor Made Freestyle" dissini chiqardi va unda Lamarni javob berishga chaqirdi.
30-aprel kuni Lamar "Euphoria" trekini e’lon qildi, unda u Dreykni yomon ko‘rishini aytadi. Shuningdek, u Dreykning presslari (qornidagi mushaklari) haqiqiy haqiqiy emasligi va u yomon ota ekani haqida rep oʻqigan. Va Dreykni oilaga teginmaslik haqida ogohlantirgan. Lamar qoʻshiqqa bu nomni bekorga tanlaman: Dreyk oʻsha paytda "Euphoria" nomli serialga prodyusserlik qilgan.
Lamar bu dissga javobni kutib oʻtirmay, 3-may kuni "6:16 in LA" trekini chiqardi. Unda reper Dreykning yaqinlari unga ma'lumotlar sizdirayotganini aytadi.
Dreyk bunga o‘sha kunining javob bergan: 3-may kuni u "Family Matters" dissini e'lon qilgan. Dreykning so‘zlariga ko‘ra, Lamar qaylig‘i Uitnini kaltaklagan, Lamarning farzandlaridan birining otasi esa Kendrikning do‘sti, menejer va prodyuser Deyv Fri.
Lamar undan ham tez javob berdi – bir soat o‘tgach, u "meet the grahams" dissini joylashtirdi, unda Lamar Dreykni fohishabozlik va pedofiliyada ayblab, boshqa onadan qizi ham borligini yashirishini aytadi.
4-may kuni esa oxirgi bir yillikning superxiti e'lon qilingan. Lamar "Not Like Us" dissini chiqargan. Unda reper yana Dreykni pedofiliyada ayblaydi. Aynan shu diss 5 ta nominatsiyada Gremmi mukofotiga ega boʻldi va superboulning "gultoji"ga aylandi.
6-may kuni Drake "The Heart Part 6"ni chiqardi, unda u barcha ayblovlarni rad etadi. Shundan soʻng reperlar tinchib ketishdi, ammo "yarashuv" boʻyicha hech qanday gap-soʻz boʻlmagan.
Yuqoridagi treklarning eshituv soniga qaralsa, bu "jang"da Lamar yaqqol gʻalaba qozongan. 5 ta Gremmi va superboulning asosiy sahnasi ham buni aytib turibdi.
Xoʻsh, Serena Uilliamsning bunga nima aloqasi bor?
Yuqorida aytganimizdek, sobiq taniqli tennischi Serena Uilliams 2025-yilgi superboul shousida Lamarning "Not Like Us" qoʻshigʻi payti raqsga tushdi.
Gap shundaki, Dreyk va Serena Uilliam qisqa vaqt uchrashib yurgani haqida iddaolar bor. Ammo ikkala tomon ham buni rasman e'lon qilmagan. Xullas, bor gap shu.
