Chiqindilardan topilgan "Garri Potter"ning birinchi nashri auksionda sotildi

E’lon qilingan sana· 173
Chiqindilardan topilgan "Garri Potter"ning birinchi nashri auksionda sotildi

“Garri Potter va falsafiy tosh” kitobining chiqindixonaga tashlab yuborlishi oldidan saqlab qolingan noyob birinchi nashri auksionda 21 ming funt sterlingdan ko‘proqqa sotildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Lot Peyntondagi NLB auksionida sotilgan. Kimoshdi savdosi boshqaruvchisi Deniyel Pirs kitobni briksxemlik marhumning tashlab yubormoqchi bo‘lgan buyumlari orasidan topib olgan. Pirsning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy narx “qattiq muqovali birinchi nashr uchun ajoyib” bo‘lgan.

Kitob birinchi marta 500 nusxada nashr etilgan va jamoat kutubxonalariga yuborilgan 300 nusxadan biri boʻlgan. Pirs bu birinchi nashr ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, chunki nusxaning orqa tomonidagi “falsafiy” (philosophy's) so‘zi noto‘g‘ri yozilgan. Inglizcha so‘zda O harfi tushirib qoldirilgan.

Qayd etilishicha, dastlab, auksion kitob uchun 40 ming funt sterling olishga umid qilgan. “Bu bizning eng katta topilmamiz. Oila a’zolari xursand, ular buni kutmagan edilar… ular uchun bu muhim pul bo‘ladi, kitob esa javonda 20 yil turdi”, — dedi Pirs.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling