Selena Gomes meksikaliklarni qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSHdan deportatsiya bilan tahdid qilindi

E’lon qilingan sana· 166
Selena Gomes meksikaliklarni qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSHdan deportatsiya bilan tahdid qilindi

"Hamma yaqinlarimga hujum qilinmoqda," - deya Selena yigʻlab video joyladi.

Selena Gomez meksikalik muhojirlarga hamdardlik bildirganidan so‘ng, u “mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak” degan fikr bildirgan Senat nomzodiga javob qaytardi.

32 yoshli Gomez dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan Immigratsiya va bojxona xizmati reydlari haqida ta’sirli video joyladi. Ushbu reydlar natijasida prezident Donald Trampning yangi immigratsiya siyosati tufayli AQShning yirik shaharlarida atigi uch kun ichida 956 kishi hibsga olingan.

“Juda afsusdaman. Barcha yaqinlarimga hujum qilishmoqda. U yerda bolalar ham bor. Tushunmayapman. Juda afsusdaman, biror narsa qilishni istardim, lekin qo‘limdan hech narsa kelmayapti. Nima qilishni bilmayapman. Har qanday yo‘lni sinab ko‘raman, va’da beraman,” — deya yig‘ladi meksika-amerikalik qo‘shiqchi, Instagramga joylashtirgan videosida.

Gomez videoni tezda o‘chirib tashlagan, biroq Tramp tarafdorlaridan, jumladan AQSH Senatiga nomzod Sem Parkerdan zudlik bilan tanqidga uchradi. Parker xonandani mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qildi.

2019-yilda Gomez “Hujjatsiz yashash” nomli to‘liq hujjatli filmni ishlab chiqargan va “Time” jurnalida o‘z oilasining Meksikadan Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy ravishda chegaradan o‘tish tarixi haqida maqola yozgan edi.

Uning xolasi ham, ota tomonidan buva-buvilari ham bir muddat hujjatlarsiz boʻlgan. Biroq, Gomezning inshosida yozilishicha, uning oilasi shundan beri “Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqaroligini olish uchun tinimsiz mehnat qilgan.”

Parker X/Twitter'da “Selena Gomezni chiqarib yuborish kerak” deb yozdi va alohida xabarda qo‘shimcha qildi: “Selena Gomez Amerika manfaatlaridan ko‘ra noqonuniy muhojirlarni afzal ko‘rdi, chunki u 1987-yilgi Amnistiya tufayli fuqarolik olgan meksikalik noqonuniy muhojirlarning 3-avlodi. Uning Amerikaga bo‘lgan munosabati xuddi noqonuniy buva-buvilariniday manmanlik bilan to‘la,” — deya qo‘shimcha qildi u. “Balki Selenani ham mamlakatdan chiqarib yuborish kerakdir?”

Gomez Instagramda Senat nomzodiga darhol shunday javob berdi: “Oh, janob Parker, janob Parker. Kulgi va tahdid uchun rahmat”.

“Selena Gomez menga javob berdi. Amerika millatchiligi qaytib keldi. Selena Gomezning kichik ko‘magi bilan”, — deya yig‘lab kulayotgan smaylikni qoʻshib qoʻydi Parker.

O‘tgan haftadagi inauguratsiya nutqida Donald Tramp lavozimga kirishining birinchi kunidayoq immigratsiyaga qarshi bir qator keskin farmoyishlarni e’lon qilgan edi.