"Bu dunyoda hamma nimaiki qilsa, pul uchun qiladi" — Jahongir Otajonov
Qoʻshiqchi Jahongir Otajonov YouTube platformasidagi “NamGap” loyihasidagi suhbati davomida ijodkor hayotiy qarashlarini aytar ekan pulga nisbatan munosabatlari haqida ham gapirdi.
“Pul uchun qilinadi hamma narsa, buni tan olishimiz kerak. Pul uchun qilinmagan narsa bu notoʻgʻri boʻladi. Chunki sizning loyihanginzni kimdir qoʻllab-quvvatlasa ham pul uchun qiladi. Men bu yerga nega keldim? Bundan menga foyda bor. Balki sizning auditoriyangizdagi qaysidir inson men haqimda notoʻgʻri fikrdadir.
Agar men uning fikrini oʻzgartira olsam bundan menga foyda bor. Balki qanchadir inson meni toʻyga aytmoqchidirki, lekin qaysidir xarakterimni notoʻgʻri talqinda eshitgan yoki baholagani uchun, mana shu taraflari bor-da, deb turgan boʻlishi mumkin. Buni koʻrib, yaxshi odam ekan (pulni) sana deyishi mumkin.
Bu dunyoda hamma nimaiki qilsa, pul uchun qiladi. Buni hech bir aybi yoʻq. Pul uchun qilingan notoʻgʻri ish faqat oʻgʻrilik, foxishalik, birovning haqini yeyish va shunga oʻxshash narsalar. Siz mehnat qilyapsiz, bundan pul topishingiz kerak. Men bilan shunchaki suhbatlashayotgan boʻlsangiz, demak siz ahmoqlik qilayotgan boʻlasiz. Masalan, men qayerga boʻlsa ham pul boʻlmasa bormayman. Adam toʻyga aytsa ham pul soʻrayman va buni adam hurmat qiladi", — dedi Jahongir Otajonov.
Avvalroq Afisha.uz Jahongir Otajonovning “Poram” va “Foniy dunyo” qoʻshiqlariga ishlangan kliplarni tahlil qilgandi.