Ben Afflek va Jenifer Lopes ajrashish boʻyicha kelishib oldi
E’lon qilingan sana: · 766
Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashish shartlari boʻyicha kelishib oldi va suddan buni rasmiylashtirishni so‘radi. Bu haqda san’atkorning Los-Anjeles okrugi Oliy sudiga taqdim etgan hujjatlarida koʻrsatilgan, deya xabar bermoqda Associated Press.
Ma’lumot uchun, Lopes va Afflek 2022-yilning yozida turmush qurgandi. Aktrisa ajrashish uchun 2024-yil avgust oyida ariza bergan, biroq sud hujjatlarida er-xotin 2023-yilning aprel oyida ajralgani ko‘rsatilgan.
Ta’kidlanishicha, Lopes ham, Afflek ham birga yashagan vaqtida topgan barcha daromadini o‘zlarida qoldiradi. Shuningdek, ular hozirda 60 million dollarga baholangan va sotuvga qo‘yilgan uyning pulini ham bo‘lishishga kelishib olgan.