Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashish boʻyicha kelishuvga erishdi
E’lon qilingan sana: · 964
Sobiq er-xotin Bred Pitt va Anjelina Joli sakkiz yillik huquqiy kelishmovchiliklardan so‘ng ajrashish jarayonini hal qildi. Bu haqda Jolining advokatiga tayanib, People nashri xabar bermoqda.
Joli va Pitt birinchi marta 2003-yilda “Mister va missis Smit” filmini suratga olish vaqtida tanishgan. Er-xotin 2014-yilda turmush qurgan va 2016-yilda o‘zlarining shaxsiy samolyotida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bilan bogʻliq voqeadan keyin ajrashishgan.
Anjelina Joli Bred Pitt spirtli ichimliklar ta’sirida, bolalariga zoʻravonlik qilganini, aytgan. Shuningdek, u Jolining boshini changallab, qattiq silkita boshlagan. FQB ushbu holat boʻyicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan.