O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi

E’lon qilingan sana· 107
O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi
Foto: Human.uz

O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

U ko‘p yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan, xususan, “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlardagi rollari bilan koʻpchilikka yaxshi tanish.

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yilning 4-yanvarida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi Navbahor qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘rta maktabni tugatgandan keyin pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, dastlab maktabda bir yil o‘qituvchi bo‘lib boshlang‘ich sinflarga dars bergan. 1963-yilda teatr va rassomchilik oliygohining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirgan.

“Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.