Makoley Kalkin "Uyda yolgʻiz" filmi suratga olingan uyni sotib olmoqchi boʻldi

E’lon qilingan sana· 1 712
Makoley Kalkin "Uyda yolgʻiz" filmi suratga olingan uyni sotib olmoqchi boʻldi

May oyida “Uyda yolgʻiz” filmi suratga olingan uy sotuvga qoʻyilgani haqida xabar berilgandi. Kinokartina bosh qahramoni Kevin Makkalister rolini ijro etgan Makoley Kalkin ushbu uyni sotib olmoqchi boʻlgani haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, 1921-yilda qurilgan mazkur xonadon 5,25 million dollarga baholangan.

“Men uni shunchaki oʻyin-kulgi uchun sotib olish vasvasasiga tushdim. Men uni xuddi kinodagidek Kevin singari odamlar zinapoyadan chanada uchib tushishi mumkin boʻlgan uyga aylantirgan boʻlardim. Lekin farzandlarim bor, bandman”, — dedi aktyor.

Mazkur uy Chikago shimolidagi Unnetka hududida joylashgan. Uning umumiy maydoni 848 kvadrat metr, shiftlar balandligi 3,2 metrni tashkil qiladi.

Ko‘chmas mulk ikkita mehmonxona, beshta yotoqxona va oltita hammomdan iborat. Uyning interyeri filmdagi xonadondan ancha yiroq, chunki uning egalari 2018-yilda uyni to‘liq zamonaviy ta’mirdan chiqargan.