Dublyaj artisti Toʻlqin Tojiyev 88 yoshda vafot etdi

E’lon qilingan sana· 692
Dublyaj artisti Toʻlqin Tojiyev 88 yoshda vafot etdi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz sanʼatkori, dublyaj ustasi, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev 88 yoshda vafot etdi. Bu haqda teatr axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun Toʻlqin Joʻrayevich Tojiyev 1936-yilning 13-aprelida Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. “Ы” operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari", “Arshin mol olon”, “Ahmed qayerda?”, “Avtomobildan saqlaning”, “Kavkaz asirasi” va koʻplab boshqa filmlar dublyajidagi ishtiroki bilan koʻpchilikka yaxshi tanish boʻlgan.