Aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva deputat boʻldi
E’lon qilingan sana: · 331
Aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva poytaxtning Bektemir tumaniga deputat etib saylandi. Bu haqda aktirsaning oʻzi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
2024-yil 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan saylov natijalariga koʻra, Mahliyo Asqaraliyeva “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodlar roʻyxatidan Toshkent shahar Bektemir tumaniga deputat etib saylangan.
“Menga ishonch bildirgan xalqimizga, Prezidentimga, partiyamga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Oldimga qoʻygan ezgu maqsadlarimni amalga oshirish uchun yana bir imkoniyat. Ushbu ma’suliyatli vazifani toʻlaqonli oʻtashda qoʻlimdan kelgancha mehnat qilaman”, deb yozadi aktrisa Instagram sahifasida.