Kanye Uest oʻz hayoti haqida 1 milliard dollarga hujjatli film suratga oldi

E’lon qilingan sana· 281
Kanye Uest oʻz hayoti haqida 1 milliard dollarga hujjatli film suratga oldi

Amerikalik reper Kanye Uest o‘z hayoti haqida “In Whose Name?” nomli hujjatli filmni suratga oldi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, suratga olish ishlari olti yil davom etgan. Filmda Uestning ilgari e’lon qilinmagan arxiv kadrlari namoyish etiladi. “In Whose Name?” promo-roligi 7-noyabr kuni chiqarilishi rejalashtirilgan. Jurnalistlarning yozishicha, film ustida Kanye Uest bilan birga 18 yoshli rejissyor Nikolas Ballesteros ishlagan.

Ta’kidlanishicha, filmning byudjeti 1 milliard dollarni tashkil etgan. Film syujeti Kanye Uestning qanday qilib Amerika tarixidagi eng boy qora tanli odamga aylangani haqida hikoya qiladi.

Ma’lumot uchun, hujjatli film hozirda post-prodakshn bosqichida boʻlib, premyeraga tayyorgarlik koʻrilmoqda.